Bagʻdod | |
|---|---|
| shahar | |
| 40°27′38″N 71°13′17″E / 40.46056°N 71.22139°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Fargʻona viloyati |
| tuman | Bagʻdod tumani |
| Aholisi | 12 800 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |
Bagʻdod – Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani shaharcha, tuman markazi. Tumanning shimoli-sharqiy qismida. Katta Fargʻona kanali yaqinida. 1894-1962 yillarda Serovo deb atalgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Furqat. Aholisi 12,8 ming kishini tashkil etadi (2000). asosan, paxtachilik bilan shugʻullanadi. Mebel, poyabzal f-kalari, qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash ustaxonasi, aksiyadorlik jamiyatlari, tumanlararo taʼminot bazalari (neft, kimyo va boshqalar), kichik va xususin korxonalar, telestudiya mavjud. 1-son Kasb-hunar maktabi 2 ta umumiy taʼlim maktabi, 2 ta litsey, 2 ta kutubxona, 1 ta aloqa boʻlimi, 1 ta kasalxona, 2 ta poliklinika, muzey va 25 dan ziyod maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.
- Bagʻdod tumani
- Fargʻona viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari
