دانشگاه تهران | |
![]() Biznes va iqtisod fakulteti binosi | |
| Shiori | میاسای ز آموختن یک زمان «Taʼlim olishni bir daqiqaga qoldirma» |
|---|---|
| Turi | Universitet |
| Asos solingan sanasi | 1934 |
| Rektori | Farhod Rahbar |
| Manzili | |
| Veb-sayti | http://www.ut.ac.ir |
Tehron universiteti — Eronning birinchi va eng yirik oliy oʻquv yurti hamda ilmiy tadqiqot markazi. Universitet Tehron shahrida joylashgan. 1934-yilda tashkil etilgan. Adabiyot va gumanitar fanlar, qishloq xoʻjaligi, stomatologiya, nafis sanʼat, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, tabiiy fanlar, texnologiya, teologiya, veterinariya tibbiyoti, oʻrmon xoʻjaligi, pedagogika, iqtisodiyot va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalari (400 mingga yaqin asar) bor. 25 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.
Turkumlar::
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Eron universitetlari
- Oliy oʻquv yurtlariga oid chala maqolalar
