Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Oyijon“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil eʼlon qilingan[manba kerak]"12-albom" nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq ki

Oyijon (qoʻshiq)

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Oyijon“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2003
Janr pop musiqa
Davomiyligi 3:54
Qoʻshiq muallif(lar)i Husan Sodiqov
Bastakor(lar) Husan Sodiqov
Klipi
„Oyijon“ YouTubeda

Oyijon“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil eʼlon qilingan[manba kerak]"12-albom" nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiqni guruh aʼzosi Husan Sodiqov yozgan, ammo ayrim manbalarda uning ukasi, guruh solisti Tohir Sodiqov muallif oʻlaroq koʻrsatilgan.

„Oyijon“ qoʻshigʻi „Bolalar“ repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biridir. „Oyijon“ qoʻshigʻida xonanda suyukli yori onasiga oʻxshashi haqida kuylaydi.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Oyijon“ qoʻshigʻini guruhning 2003-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „12-albom“ nomli albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritgan, ammo bu taronalar 2003-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

2022-yil qoʻshiqni „Bojalar“ guruhi kaver qilgan. Mazkur versiyani Axliyor Azimov aranjirovka qilgan. Kaver uchun Xosiyat Husanova, Zuhra Soliyeva hamda „Bojalar“ guruhi aʼzolari ishtirokida klip suratga olingan.

Yuqori