Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nodir Muhammad devonbegi (oʻzbekcha: Nadir Muhammad; 1568-yil, Buxoro, Buxoro xonligi – 1644-yil, Makka Usmonli imperiyasi) – buxorolik siyosatchi, oʻzbeklarnin

Nodir devonbegi

Vikipediyada ismi Nodir boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Nodir Muhammad devonbegi (oʻzbekcha: Nadir Muhammad; 1568-yil, Buxoro, Buxoro xonligi – 1644-yil, Makka Usmonli imperiyasi) – buxorolik siyosatchi, oʻzbeklarning Orlot urugʻidan boʻlgan moliya vaziri.

Nodir Muhammad
Buxoroning devonbegi
Mansab davri
1612  1642
Monarx Imomqulixon
Hokim Samarqanda
Mansab davri
1632  1633
Monarx Imomqulixon
Oʻtmishdoshi Yalangtoʻsh Bahodir
Vorisi Yalangtoʻsh Bahodir
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1568-yil
Buxoro, Buxoro xonligi
Vafoti 1644-yil
Makka, Usmonli imperiyasi
Dafn etilgan joyi Saudiya Arabistoni

Biografiyasi

Nodir Muhammad 1568-yil Buxoroda tugʻilgan. Nodir Muhammad ona tomondan ashtarxoniylar xoni Imomqulixonning amakisi boʻlib, devonbegi – moliya vaziri lavozimini egallagan, shuning uchun uni baʼzan Nodir devonbegi togʻay deb ham atashgan. Amalda u xonning vaziri sifatida faoliyat olib borgan. Nodir devonbegi oʻzbeklarning Orlot qabilasidan boʻlib, 1632—1633-yillarda Samarqand viloyati hokimi boʻlgan.

Binolari

1619—1620-yillarda Nodir devonbegi oʻz hisobidan Buxoroda xonaqoh qurdirgan. Roʻparasida Nodir devonbegi madrasasi oʻrin egalladi. Bu tarixiy yodgorliklar Labihouz ansamblining bir parchasidir.

1622—1623-yillarda Nodir devonbegi Buxoroda karvonsaroy sifatida monumental bino qurdirgan, keyin esa u Nodir Devonbegi madrasasiga aylantirilgan.

Nodir devonbegi 1632-yilda Samarqanddagi Xoja Ahror mozori yonida katta madrasa qurdirgan. Madrasa qurulishida xonaqoh uchun foydalaniladigan meʼmoriy uslubdan foydalanilgan. Muassasa qurilishi 1635—1636-yillarda tugallangan. Shuningdek, Samarqand masjidi ham qurilgan.

Nodir devonbegi madrasasi
Nodir devonbegi madrasasi

Oʻlimi

Imomqulixon umrining soʻnggi yillarida, yaʼni 1642-yilda ukasi Nodir Muhammad (1642—1645) foydasiga taxtdan voz kechdi va hajga boradi. Nodir devonbegi Imomqulixonga safarda hamrohlik qildi. Imomqulixon 1644-yilda Makkada vafot etib, Madinada dafn etilgan. Nodir Muhammad devonbegi 1644-yil Makkada vafot etgan va jiyani yoniga dafn etilgan.

Adabiyotlar

  • Burton Audrey.. The Bukharans. A dynastic, diplomatic and commercial history 1550−1702, Curzon, 1997. 
  • Istoriya Uzbekskoy SSR / Otv. red. Ya. G. Gulyamov – Tashkent, 1967. – T. 1.
  • Istoriya Uzbekistana – 1993. – T. 3.
  • Ziyaev A. X. „Silsilat as-salotin“ kak istoricheskiy istochnik. Rukopis dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata istoricheskix nauk. – Tashkent, 1990.
Yuqori