Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abstrakt sanʼat (lot. abstractus — mavhum), abstraksionizm — tasviriy sanʼatdagi oqim. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikada asosan real narsa va hodisalarni t

Abstrakt sanʼat

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abstrakt sanʼat (lot. abstractus — mavhum), abstraksionizm — tasviriy sanʼatdagi oqim. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikada asosan real narsa va hodisalarni tasvirlashni rad etadi. XX asrning 20-yillarida Yevropamamlakatlarida vujudga kelib, 40-yillarning oxiri, 60-yillarning boshida keng tarqaldi. Dastlabki namunalari rus V. Kandinskiy, K. Malevich, fransuz R. Delone va boshqa rassomlar tomonidan yaratildi. Keyinroq ukrain A. Arxipenko, rumin K. Brinkushi va boshqa abstrakt haykaltaroshlik tajribalariga murojaat qildi.

1-jahon urushidan keyin abstrakt san'atni meʼmorlik, bezak sanʼati, dizaynga tatbiq etishga, ularni muhandislik qoidalari asosida qurishga intilishlar kuzatildi (V. Tatlin, A. Pevzner, N. Gabo konstruksiyalari). 2-jahon urushi davrida AQShda "sof psixik avtomatizm", gʻayriixtiyoriy subyektiv turtki, tasodifiy rang va sifatlar uygʻunligini asosiy usul qilib olgan abstrakt ekspressionizm maktabi (rassom J. Pollok, M. Tobi va b.) yuzaga keldi. 50-yillar Yevropa, Amerika mamlakatlari tasviriy sanʼatida abstrakt san'at ustun yoʻnalishga aylandi.

Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hududida qadimdan yaratilgan tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalarida ham abstraksionizm koʻrinishlari uchraydi. Ularda afsonaviy firdavs bogʻlari oʻzining ramziy ifodasini topgan. Ayniqsa, kitobot sanʼatining abri bahor usulida yaratilgan qoʻlyozma kitob bezaklari, abrbandi usulida tayyorlangan atlas va boshqa matolarning gullari bu sanʼatning namunasidir.

Oʻzbekistonda tom maʼnodagi abstraksionizmga xos xususiyatlar XX asrning 10-yillaridan paydo boʻla boshladi va keyinchalik bir qator rassomlar (S. Fedorchenko, V. Ufimsev va boshqalar) diqqatini oʻziga jalb etdi. Soʻnggi yillarda bu sanʼat taʼsiri qisman N. Shin, A. Kedrin, B. Jalolov ijodida seziladi. ABSTRAKTLIKDAN KONKRETLIKKA OʻTISH — obyektni tadqiq etish metodi; nazariy fikrlashda obyekt haqidagi abstrakt va bir tomonlama bilishdan uni koʻproq konkret tasavvur etish sari borish; inson bilishi taraqqiyotining umumiy qonuni, dialektik mantiqning asosiy prinsipi (yana qarang: Abstraksiya).

Yuqori