Jengis Maratovich Yermashev (1977-yil 14-noyabr, Chimboy tumani, QQASSR, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbekistonlik, xususan qoraqalpogʻistonlik davlat arbobi, maʼlumoti boʻyicha huquqshunos, adliya katta maslahatchisi. U 2018-yil sentyabr oyidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani hokimi.
| Jengis Yermashev | |
|---|---|
| Mansab davri 2018-yil | |
| Mansab davri 2017-yil – 2018-yil | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 14-noyabr 1977-yil Chimboy tumani, Qoraqalpoq ASSR, OʻzSSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Ilmiy unvoni | 2021 y. Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 2025 y. Yuridik fanlari doktori (DSc) |
| Maʼlumoti | Qoraqalpoq davlat universiteti |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Jengis Yermashev 1977-yil 14-noyabr sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Millati qoraqalpoq. Maʼlumoti oliy. 2000-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr-huquqshunos, 2002-yilda magistr-fuqarolik huquqi mutaxassisligini tamomlagan. 2008-2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabida tahsil olgan, "Tizimli tahlil: siyosatshunoslik, tahlilchi va istiqbolni belgilash" ixtisosligi bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Mehnat faoliyati
Yermashev 2002-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tizimidagi turli xil lavozimlarda oʻz mehnat faoliyatini olib borgan.
2017-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ish yuritgan.
2018-yil sentyabr oyidan boshlab Xoʻjayli tumani hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.
Siyosiy faoliyati
Tadbirokorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
2024-yildan Xalq deputatlari Xoʻjayli tumani Kengashining 13-Navro‘z saylov okrugi deputati.
Ilmiy faoliyati
- 2021 y. Yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
- 2025 y. Yuridik fanlari doktori (DSc).
Tadqiqodchi sifatida bir qancha ilmiy izlanishlar ustida faoliyat yuritib, quyidagi ilmiy ishlarga mualliflik qilgan:
- Yermashev J. M. Ózbekistan Respublikasında jergilikli mámleketlik hákimiyat uyımlarınıń huqıqıy jagʻdayı // Ilmiy tadqiqod ishi. Oʻzbekiston, 2019-yil.;
- Yermashev J. M. Voprosi pravovogo obespecheniya deyatelnosti xakimov v Respublike Karakalpakstan i sovershenstvovaniya ix funksiy // Bulletin of Science and Practice. ISSN 2414-2948. Uzbekistan. 2020 year.;
- Yermashev J. M. Nekotorie voprosi reformirovaniya sistemi mestnix organov vlasti Respubliki Karakalpakstan // Vestnik Karakalpakskogo gosudarstvennogo universiteta im. Berdaxa. ISSN 2010-9075. Uzbekistan. 2020-god.;
- Yermashev J. M. Formi vzamootnosheniy organov mestnogo samoupravleniya i organov gosudarstvennoy vlasti v Respublike Karakalpakstan // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. ISSN 2010-9075. Oʻzbekiston. 2020-yil.;
- Yermashev J. M. The system of local authorities in the Republic of Karakalpakstan and problems of improving the efficiency of their activities // Science and Education in Karakalpakstan. ISSN 2181-9203. Uzbekistan. 2020 year.;
- Yermashev J. M. Voprosi sovershenstvovaniya osnovnix napravleniy vzaimodeystviya mestnix predstavitelnix organov s organami ispolnitelnoy vlasti v Respublike Karakalpakstan // Jurnal yuridicheskix issledovaniy. Uzbekistan. 2020-god.;
- Yermashev J. M. Qaraqalpaqstan Respublikasında hákimiyat apparatı iskerliginiń shólkemlestiriwdiń huqıqıy tiykarlari // „Puqaralardıń huqıqların támiyinlewde Ózbekstan Respublikası Konstitutsiyasınıń tutqan ornı“ atamasindagʻi respublikaliq ilimiy-ámeliy konferensiya materiallari. Oʻzbekiston, 2020-yil.;
- Yermashev J. M. Sovershenstvovanie konstitutsionno-pravovix osnov organizatsii i deyatelnosti mestnix organov gosudarstvennoy vlasti Respubliki Karakalpakstan // Ilmiy tadqiqot ishi. Oʻzbekiston, 2021-yil.
- Yermashev J. M. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning turi sifatida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishning jazoni ogʻirlashtiruvchi belgilari // International journal of conference series on education and social sciences. ISSN 2717-7076. Bursa, Turkiya. 2023-yil.;
- Yermashev J. M. Violation of customs legislation as a type of crime against the fundamentals of the economy: qualification and differentiation of crimes of similar content // European Journal of Research. ISSN 2521-3261 (onlayn), ISSN 2521-3253 (bosma). Avstriya. 2023-yil.;
- Yermashev J. M. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning turi sifatida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishning subʼektiv tomoni // Yangi Oʻzbekiston: innovatsiya, fan va taʼlim. Oʻzbekiston. 2023-yil.;
- Yermashev J. M. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish tushunchasi va ushbu qilmish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan qonunchilik hujjatlarining rivojlanishi // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. ISSN 2181-9130. Oʻzbekiston. 2023-yil.;
- Yermashev J. M. Ayrim xorijiy davlatlar jinoyat qonunlarida kontrabanda predmeti tahliliga oid mulohazalar // Jurnal yuridicheskix issledovaniy. 2023-yil.
- Yermashev J. M. Kontrabanda jinoyatining tushunchasi va uning o‘ziga xos belgilari yuzasidan ayrim ilmiy-nazariy munozaralar // Results of National Scientific Research International Journal. 2023-yil.
- Yermashev J. M. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning turi sifatida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishning obyektiv belgilari tahlili // Kriminologiya Va Jinoiy Odil Sudlov, ISSN 2181-2179. 2023-yil.
- Yermashev J. M. Development Of Legislation Providing For Criminal Liability For Smuggling // The American Journal of Political Science Law and Criminology, ISSN 2693-0803. 2023-year.
- Yermashev J. M. Kontrabanda jinoyatining obyektiv belgilari // Kriminologiya Va Jinoiy Odil Sudlov. 2023-yil.
- Yermashev J. M. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan bojxona sohasidagi jinoyatlarning jazoni og‘irlashtiruvchi belgilari tahlili // Zamonaviy taraqqiyotda ilm-fan va madaniyatning o‘rni. https://academics.uz/index.php/Konferensiya/article/view/3159. 2024-yil.
- Yermashev J. M. Scientific Observations on the Object of Crimes in the Customs Field // AMERICAN Journal of Public Diplomacy and International Studies, ISSN 2993-2157. 2024-year.
- Yermashev J. M. THE DEVELOPMENT OF LEGAL NORMS ON LIABILITY FOR CRIMES IN THE CUSTOMS SPHERE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN // JOURNAL OF LAW AND ECONOMICS, ISSN 2984-8091. 2024-year.
- Yermashev J. M. ANALYSIS OF THE OBJECTIVE SIDE OF CRIMES IN THE FIELD OF CUSTOMS // EUROPEAN INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCh AND MANAGEMENT STUDIES, ISSN 2750-8587. 2024-year.
- Yermashev J. M. Bojxona sohasidagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish: ularni oʻzaro farqlash masalalari // Yuridik fanlar axborotnomasi huquqiy ilmiy-amaliy jurnal. 2024-yil 3-son. ISSN 2181-919X. 2024-yil.
- Yermashev J. M. Bojxona sohasidagi jinoyatlarni sodir etgan shaxsning kriminologik tavsifi yuzasidan mulohazalar // Kriminologiya va jinoiy odil sudlov ilmiy-amaliy jurnal. 2024-yil 3-son. ISSN 2181-2179. 2024-yil.
- Yermashev J. M. Ayrim xorijiy mamlakatlar qonunchiligida bojxona sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. 2024-yil 9 jild, 9 son. ISSN 2181-9130. 2024-yil.
- Yermashev J. M. Bojxona sohasidagi jinoyatlarning subyektiv belgilari tahlili // Zamonaviy ta’limda fan va innovatsion tadqiqotlar 2024-yil 2-son, 4-to‘plam. 2024-yil.
- Yermashev J. M. Analysis of the objective aspect of crimes in the customs sphere // Current approaches and new research in modern sciences International scientific-online conference. 2024-year.
- Yermashev J. M. Bojxona sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik (jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari) // Monografiya: 327:94(584.4+100) KBK: 67.409. ISBN: 978-9910-9538-5-9. 2024-yil.
Mukofotlari
2017-yilda mamlakatimizda huquq-tartibotni taʼminlashdagi katta xizmatlari va yuksak kasbiy mahoratlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.


