Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Golishev Vyacheslav Arkadyevich (ruscha: Голышев Вячеслав Аркадьевич; 1951-yil 30-mart, Toshkent, OʻzSSR — 2026-yil 7-aprel) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arb

Vyacheslav Golishev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vyacheslav Arkadyevich Golishev
ruscha: Вячеслав Аркадьевич Голышев
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
11-aprel 2006-yildan  26-dekabr 2017-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Botir Xoʻjayev
Vorisi Ravshan Gʻulomov
 
Mansab davri
1995-yil 30-noyabrdan  2003-yil 30-aprelgacha
Oʻtmishdoshi Ismoil Joʻrabekov
Vorisi Saidahmad Rahimov
 Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
26-iyun 2005-yildan  11-aprel 2006-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Shuhrat Gʻofurov
Vorisi Botir Xoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-mart 1951-yil
Toshkent
Vafoti 7-aprel 2026-yil(2026-04-07)
(75 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Golishev Vyacheslav Arkadyevich (ruscha: Голышев Вячеслав Аркадьевич; 1951-yil 30-mart, Toshkent, OʻzSSR — 2026-yil 7-aprel) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi (1995-2003 va 2006-2017-yillarda).

Biografiyasi

Millati — rus. Maʼlumoti — oliy, Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi.

1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.

1995—2003 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi.

2003—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi oʻrinbosari hamda iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori.

26-iyul 2005-yil — 11-aprel 2006-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot vaziri.

2006-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi

2026-yil 7-aprel kuni vafot etgan.

Oilasi

Rafiqasi — Golisheva Irina Xristosovna — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq va bojxona siyosati Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida uzoq yillar ishlab kelgan. 2017-yil 26-dekabrda ishdan boʻshatilgan.

Yuqori