Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Orujeynaya palata (Qurolaslaha palatasi) — Moskva Kremlidagi qad. rus muzeyi. XVI asrda aslahaxona sifatida tashkil qilingan; maxsus qurilgan binoda joylashgan

Orujeynaya palata

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Orujeynaya palata (Qurolaslaha palatasi) — Moskva Kremlidagi qad. rus muzeyi. XVI asrda aslahaxona sifatida tashkil qilingan; maxsus qurilgan binoda joylashgan (1844—51, meʼmori K. Ton). XVI asr 2-yarmi —XVIII asr boshlarida qurol, qimmatbaho taqinchoqpar, saroy roʻzgʻor buyumlari tayyorlash, sotib olish, saqlash markazlari tarzida shakllangan. 1960-yildan Moskva Kremli Davlat muzeylari tarkibida. Orujeynaya palatada Rossiya, Gʻarbiy Yevropa, Old Osiyodagi bir qator mamlakatlarda V—XX asr boshlarida yaratilgan amaliy bezak sanʼa-ti namunalari, qurol-aslahalar, oʻyma naqshli, emal. qimmatbaho toshlar va boshqa bilan bezatilgan oltin va kumush idishlar, taqinchoklar, zar va dur tikib bezatilgan badiiy buyumlar, mato, hokimlik ramzi boʻlgan narsalar, serhasham ot abzallari va boshqa saqianadi. Orujeynaya palatada Oʻzbekiston hududida tayyorlangan badiiy hunarmandlik asarlari namunalari (baxmal, zandonachi kabi mato; zarbof liboslar, zardoʻzi buyumlar, Buxoro amirining taxti va boshqalar) ham saqlanadi.

Yuqori