Shamsuddin kulol | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | taxminan 1305-yil |
| Vafoti | 1370-yil, 28-noyabr Kesh |
| Dini | Islom |
Shamsuddin kulol yoki Shamsiddin Kulol (tax. 1305-yil, Kesh — vafoti 1370-yil, 28-noyabr Kesh) – shayx. Sharafiddin Ali Yazdiy „Zafarnoma“ asarida bergan maʼlumotiga koʻra, Amir Taragʻoyning piri.
„U qadrli shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak qabriga (ziyorat uchun) tez-tez borib turardi“, deb yozadi Ali Yazdiy.
Shamsuddin kulol tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub boʻlgan. Ayni paytda u xojagon tariqatiga ham hurmat bilan qaragan. Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda kuchli boʻlgan, saltanatni boshqargan chogʻlarida ham Shamsuddin kulol qabrini ziyorat qilib turgan. 1373–1374-yillarda Amir Temur Shamsuddin kulol qabri yonida bir gumbaz-maqbara qurdiradi va otasining xokini oʻsha yerga koʻchirtirib, Shamsuddin kulol qabrining qibla (gʻarb) tomoniga dafn etadi.
Yana qarang
- Shamsuddin Kulol maqbarasi
- Shayxlar
- 1360-yilda vafot etganlar
- Keshda vafot etganlar
- 1305-yilda tugʻilganlar
- 1370-yilda vafot etganlar