| ||
| tuman | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | Turkiston viloyati | |
| Maʼmuriy markazi | Mirzakent | |
| Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
| Akim | Beysenbayev Jamantay | |
| Rasmiy tillar | qozoq | |
| Aholi (2018) | 133 539 | |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar 83,22 % Tojiklar 8,11 % Oʻzbeklar 3,73 % Ruslar 1,49 % boshqalar 3,45 % (2015г.) | |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar | |
| Maydoni | 1,800 km² | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
| Telefon kodi | +7 72534 | |
| Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
| Rasmiy sayti | http://www.maqtaaral.kz/ | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 40°45′0″N 68°35′0″E / 40.75000°N 68.58333°E | ||
Paxtaorol — Turkiston viloyatining janubiy qismida joylashgan tuman. Maydoni 1,8 ming km² (viloyat hududining 1,5 %). Aholisi 133 539 kishi. Tuman markazi — Mirzakent qishlogʻi.
Tarixi
Oldingi Sirdaryo guberniyasi, Tashqazaq uezining Yirjan boʻlisi parchalanib, shuning asosida 1928-yili 3-sentyabrda Yirjar tumani nomi bilan qayta tashkil etildi. 1930-yilda Paxtaorol nomi berildi. 1997-yili 24-aprelda paxta etishtiruvchi uchta tuman (Asiqata, Jetisay, Paxtaorol) parchalanib, ularning hududi qoʻshilib markazi — Jetisay shahri nomi bilan Paxtaorol tumani tashkil topdi. 2018-yil 5-iyunda Paxtaorol tumani tarkibidan Jetisay tumani ajralib chiqdi.
Aholisi
Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 297,931 kishini tashkil qildi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km 2ga 165,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanda salmoqli qiymatga ega millatlar: qozoqlar, oʻzbeklar, tojiklar va boshqalar.
Iqlimi
Iqlimi kontinental, qishi qisqa va iliq, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-4 °C, iyulniki 28-29 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200–250 mm.
Korxonalari
Tumanda 37 ta korxonalar 2007-yilning 1-choragida 4mlrd 267million tangalik mahsulotlar ishlab chiqarib, shu yilning rivojlanish rejasini 101,6 % bajardi.
Katta qishloqlari
- Atakent
- Asiqata,
- Mirzakent
- Algʻabas
- Jalin
- Besketіk
- Qizilqum
- Satbayev
Qishloq xoʻjaligi
Tuman dehqonlari 139ming gektar ekinzorning 122744 gektariga paxta, 4834-gektariga gʻalla oʻsimliklari, 5092-gektariga ekinlar, 860-gektariga koʻchatlar, 566,2-gektariga uzum, 5830-gektariga bugʻdoy ekib, hozirgi kunda 1400-tonna bugʻdoy, 29000 tonna koʻkatlar, 37500 tonna mevalarning hosili olindi.
Madaniyat, sport
Tumanda madaniy xizmat boʻyicha 30 ta madaniyat uylari, klublar va 36 ta kutubxona bor.
- Qozogʻiston tumanlari
