Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qoriyeva Mahsuma ( asl ismi Sa‘diya Nizomiddinova) (1902, Toshkent — 1946.18.4, Moskva) — Birinchi professional o‘zbek teatr aktrisasi. Oʻzbekiston SSRda xizmat

Mahsuma Qoriyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mahsuma Qoriyeva
Sa‘diya Nizomiddinova
Tavalludi 1902
Vafoti 18-aprel 1946
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya imperiyasi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1918-1940
Unvoni
Mukofotlari

Qoriyeva Mahsuma ( asl ismi Sa‘diya Nizomiddinova) (1902, Toshkent — 1946.18.4, Moskva) — Birinchi professional o‘zbek teatr aktrisasi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1937). 1918-yildan Mannon Uygʻur boshchiligidagi truppada ishlagan. Oʻzbek, rus va jahon mumtoz dramaturgiyasi asosida yaratilgan spektakllarda yetuk obrazlar yaratgan. Stalin davridagi ‘‘tozalash‘‘ qatag'oni qurboni. Turmush o‘rtog‘i va qaynotasining qatag'oni ortidan teatr sahnasidan chetlashtirilgan. Hamza teatri truppasining yordamida ikkinchi jahon urushi davrida teatr kasaba uyushmalari raisi lavozimida ishlagan. Urushda ikkita o‘g‘lidan ayrilgach fojiali tarzda vafot etgan. Teatr sahnasida: Marijon (A.Mus tafin „Karimning qotili“), Jamila, Hojar, Maryamxon, Fotima (Hamza, „Boy ila xizmatchi“, „Holisxon“, „Zaharli hayot“, „Tuhmatchilar jazosi“), Luiza, Amaliya (F.Shiller, „Makr va muhabbat“, „Qaroqchilar“), Kseniya (N.Pogodin, „Mening doʻstim“) va boshqa Yoqimli ovozga ega boʻlgan Q. ilk oʻzbek musiqali dramalarida ham bosh rollarni ijro etgan: Layli, Shirin (Xurshid, „Layli va Majnun“, „Farhod va Shirin“), unga ayniqsa katta shuhrat keltirgan Halima (Gʻ.Zafariy) va boshqa Ijodi davomida xarakterli rollar ustasi sifatida ham tanilgan: Adelma (K.Gotssi, „Malikai Turandot“), Malika (Lope de Vega, „Qoʻzibuloq“), Orlovskaya (L.Slavin, „Intervensiya“), Gertruda (U.Shekspir, „Hamlet“), Ona (Uygʻun, „Ona“) va boshqa shular jumlasidan. Aktrisa qatag'on qurboni bo'lishidan avval 1937-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist hamda Mehnat qizil bayroq ordeni bilan mukofotlangan.

Biografiyasi

Abdulhamid Cho'lpon uni "O'zbek teatri malikasi" deb ta'riflagan. Ammo uning hayoti uqubatlarga to'la bo'lgan. Uning qaynotasi Abduvohid qori — Turkistonning atoqli olimi va din arboblaridan, "Sho'royi islomiya" va "Mahkamai islomiya" jamiyatlari raisi, hamda bosqinchilar Ufaga olib ketgan Usmon Qur'onini yurtga qaytarishda faol ishtirok etgan jadidchilik vakili edi. Eri Bosit Qoriyev Madaniyat vazirligi san'at boshqarmasi boshlig'i bo'lgan, qayin ukasi esa Oltoy taxallusli shoir bo'lib, u qatag'onga uchrab o'n yilga surgun qilingan. Stalin qatag'onlari davrida avval qari qaynotasi, so'ngra eri Bosit Qoriyev qamoqqa olinadi, aktrisaning o'zi esa "xalq dushmanlari"ning yaqini sifatida jamiyatdan chetlashtiriladi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng u adolat izlab Moskvaga boradi, barcha mumkin bo'lgan idoralarga murojaat qiladi, lekin oxir-oqibat Moskvada vafot etadi. 2024-yilda Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida Mahsuma Qoriyevaning fojiali hayotiga bag'ishlangan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub Ma‘suma romani asosida ‘‘Birinchi Qaldirgʻoch- Ma‘suma‘‘ spektakli sahnalashtirilgan(bosh rollarni Lola Eltoyeva va Dilnoza Kubayeva ijro etgan.



  1. Д. Узлов.. Большое искусство (ru).
Yuqori