- Vikipediyada ismi Lola va familiyasi Eltoyeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Lola Eltoyeva | |
|---|---|
| Tavalludi | 1972-yil 4-sentyabr Toshkent, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Kino, teatr va dublyaj aktrasi |
| Mukofotlari | |
Lola Eltoyeva (1972-yil 4-sentyabr, Toshkent) — oʻzbekistonlik kino, teatr va dublyaj aktrisasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, OʻzDSMI dotsenti.
Hayoti
Lola Eltoyeva 1972-yil 4-sentabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1993-yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshket teatr va rassomchilik institutining aktyorlik fakultetida o‘qishni boshlagan. Mustaqillik yillarida suratga olingan „Quyoshi botmaydigan yurt“ filmidagi Malika roli orqali muxlislar e‘tirofiga sazovor bo‘lgan. Faoliyati davomida 60 dan ortiq spektakllarda, 45 ga yaqin filmlarda rol ijro etgan. 200 ga yaqin filmlarga va bir necha teleseriallarga ovoz bergan. Hozirgi kunda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat olib bormoqda.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1994 | Masxaraboz | ||
| 1997 | Oʻtkan kunlar | Kumush, Otabekning xotini | |
| 1999 | Voiz | ||
| 2002 | Cinedictum | ||
| Dilxiroj | |||
| 2003 | Qor ko‘ynida lola | ||
| 2004 | Erkak | ||
| 2005 | Cho‘pon qiz | ||
| Ko‘zlaring ma’yus | |||
| Kelgindi kuyov | Toʻtiniso, Arslonning xotini | ||
| 2006 | Hayot-mamot | ||
| Chashma | |||
| 2007 | Jazo | ||
| 2008 | Chatranga shahridagi sarguzashtlar | ||
| 2009 | Abadiyat charxi | ||
| Ota | |||
| Arosat | |||
| Ko‘l bo‘yidagi uy | |||
| Janob hech kim | Alisherning onasi | ||
| So‘nggi lahza | |||
| Tahdid | |||
| 2010 | Tundan tonggacha | ||
| Qabrdan qaytgan umr | |||
| Sevginator 2: Qaynona operatsiyasi | |||
| 2011 | Oling quda, bering quda | ||
| Haqiqat kuni | |||
| So‘nggi qo‘ng‘iroq | |||
| Singilginam | |||
| 2012 | Baxt uyi | ||
| Tundan tonggacha 2 | |||
| Bevalar | |||
| Onaginam orzusi | |||
| Parizod | |||
| Dardi bedavo | |||
| Tubanlik | |||
| Proritsatel Omar Xayyam. Xronika legendi | |||
| Robinzon Qo‘zi | |||
| 2013 | Unutma meni | ||
| 2014 | Amirning o‘g‘li Ivan | ||
| Quduq | |||
| Xonadon egasi | |||
| 2015 | Baxt ortidan | ||
| Yomg‘ir ostida | |||
| 2016 | Qora quzg‘un | Prokuror | |
| 2017 | Hamroh | ||
| 96 soat | |||
| 2018 | Yolg‘on girdobi | ||
| Issiq non | |||
| Mehr | |||
| Tinchlik ortida | |||
| Tanhoyimsan | |||
| 2019 | Elparvar | ||
| Hayot | |||
| 2022 | 101-reys | Bortboshqaruvchi Nigora Yusupova | |
| Puling bo‘lsa | |||
| 2023 | Abdulla Oripov | Klara Xadjayevna | Bosh rol |
Spektakllari
| Nomi | Rol | Yil |
|---|---|---|
| Kuloyim | Kuloyim | 1994 |
| Muhabbat sultoni | Layli | 1995 |
| Ufq yo‘llari | Zebi | |
| Chimildiq | Singlisi | |
| Jinoyat ustida ushlansin | Suyungul | |
| Soxibqiron Temur | Kanizak | 1996 |
| Boshi qotgan oshiqlar | Yulduz | 1997 |
| Piri Koinot | Zuxal | 1998 |
| Adibning umri | Zarifa Saidnosirova | 2005 |
| Hasrat bog‘i | Jamila | 2005 |
| Makr va Muhabbat | Luiza | 2005 |
| Rashk | Maryam | |
| Oltin qiz | Dilbar | 2006 |
| Tun albatta o‘tadi | Mariya Rozariya | 2006 |
| Jaxon Otin Uvaysiy | Quyoshxon | |
| Bevalar | Qumri | |
| Bor ekanda, yo‘q ekan | Malika | |
| O‘zbekcha raqs | Mariya Ponamareva | 2009 |
| Tong otgan taraflarda | Tongyorug‘ | 2013 |
| Iymon | Aziza | |
| Mirzo Ulug‘bek | Firuza | |
| Oq kema | Bekey | |
| Keldi-yu ketdi | Qumri | 2019 |
| Urush odamlari | Anzirat | 2023 |
| Birinchi qaldirg‘och | Ma’suma Qoriyeva | 2024 |
Mukofotlari
- “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni (2006)
- "Oʻtkan kunlar" filmidagi roli uchun "Eng yaxshi ayol obrazi (1998)
- Osiyo mamlakatlari kinofestivalida Gran Pri (2006)
- Sharq ayoli (2013)
- "Yilning eng yaxshi aktrisasi" nominatsiyasida “E’tirof” mukofoti sovrindori (2014)
- “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni (2020)
- “Do‘stlik” ordeni (2021)
- “O‘zbekiston Respublikasining 30 yilligi” esdalik nishoni (2021)
- 4-sentyabrda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Alifbo boʻyicha aktrisalar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar