Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

"Parizod" – 2012-yilda Kinoshok kinofestivalida „Zolotaya loza“ Gran-prisiga sazovor boʻlgan, rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan badiiy film.

Parizod (film)

"Parizod" – 2012-yilda Kinoshok kinofestivalida „Zolotaya loza“ Gran-prisiga sazovor boʻlgan, rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan badiiy film. Film „Oʻzbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasiga asosan "Oʻzbekfilm " kinostudiyasida suratga olingan. Bundan tashqari mazkur film Nyu Yorkda boʻlib oʻtgan Ovrosiyo film festivalida „Eng yaxshi rejissura“ nominatsiyasida gʻolib chiqdi.

Parizod
Rejissyor(lar) Ayub Shahobiddinov
Prodyuser(lar) Agzam Is'hakov
Ssenariy
muallif(lar)i
Erkin A'zam
Rollarda Zarina Nizomiddinova
Samiddin Lutfullayev
Baxtiyor Qosimov
Dilorom Karimova
Lola Eltoyeva
Bastakor(lar) Ubaydullo Karimov
Operator(lar) Azizbek Arizkulov
Studiya Oʻzbekfilm
Premyera
sanasi
  • 2012-yil (2012)
Davomiylik 81 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til O'zbekcha

Syujeti

Filmda Jonibek ismli mehribon odam togʻda bir farishtanamo, parilarga oʻxshash, afsonaviy husn sohibasi boʻlgan bir yolgʻiz qizni uchratib qoladi. Qizni tanish-bilishlarga turmushga berishmoqchi boʻlishadi. Ammo potentsial daʼvogar kuyovlar qizni birin-ketin rad etishadi, chunki uning goʻzalligi, sofligi va soddaligi ortida kuchli bir narsa yashiringaniga ishonishadi. Qizni oʻziga ravo koʻradigan erkak topilmaydi. Film ijodkorlarining soʻzlariga koʻra film bugungi kunimizda ham, oramizda gʻayritabiiy ham qandaydir ilohiy kuchga ega insonlar paydo boʻlishi mumkin va ular tirikligida, borligida ularning qadriga yetish kerakligini ilgari suradi.

Rollarda

  • Zarina Nizomiddinova
  • Samiddin Lutfullayev
  • Baxtiyor Qosimov
  • Dilorom Karimova
  • Lola Eltoyeva

Mukofotlari va namoyishlari

"Parizod" filmi dunyoning qator mamlakatlarida namoyish etildi. Xususan Shanxay Xalqaro Kinofestivalida maxsus namoyish etildi. Buyuk Britaniyaning Kembrij Universitetida, AQShdagi Jorj Vashington nomidagi universitetda va yana bir nechta AQSh, Koreya va Oʻzbekistondagi Universitetlarda namoyish etildi. Parijda „Adabiyot va Kino kunlari“ doirasida „Parizod“ filmi maxsus premyera qilindi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Toshkentdagi vakolatxonasida ham film namoyishi boʻlib oʻtgan.

Mukofotlar
Festival nomi Nominatsiyasi Mamlakat
1 Kinoshok Gran-pri Rossiya
2 Nyu York Yevrosiyo film festivali Eng yaxshi rejissorlik ishi AQSh
3 "Volokolamsk chegarasi" xalqaro film festivali Eng yaxshi ayol aktrisa Rossiya
4 "Nika" festivali "MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining eng yaxshi filmi" (nominant) Rossiya
5 "Eng ulugʻ eng aziz" respublika tanlovi 1-oʻrin (Dramaturgiya) Oʻzbekiston
Yuqori