| „Masxaraboz“ | |
|---|---|
![]() | |
| Rejissyor(lar) | Sharof Boshbekov |
| Ssenariy muallif(lar)i | Sharof Boshbekov |
| Bastakor(lar) | Mirhalil Mahmudov |
| Premyera sanasi |
|
| Davomiylik | 81 |
| Mamlakat | |
| Til | oʻzbekcha |
„Masxaraboz“ – 1995-yil namoyish etilgan mashhur oʻzbek filmi. Film ssenaristi va rejissyori Sharof Boshbekovdir.
Tarixi
Film 1994–1996-yillarda suratga olingan. Baʼzi manbalarda 1995-yilda suratga olingani koʻrsatilgan. Filmni suratga olish jarayoni Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi qishloqlardan birida amalga oshirilgan.
Film mavzusi
Film bosh qahramoni ota-onasidan erta ayrilgan, gʻam-armoni boʻlsa ham barchasini kulgu va shodlik bilan yengib oʻtadigan yigit. U oʻzgacha fikrlari bilan hammadan ajralib turadi va insonlarga qoʻlidan kelgancha yaxshilik ulashib keladi. Koʻngil qoʻygan qiz oʻzga odamga turmushga chiqayotganini bilganida ham matonat va sabr bilan unga baxt tilaydi.
Saundtreklari
Film uchun 2 ta saundtrek tanlab olingan. Ulardan biri – „Yigʻlamayman“ning soʻzi Sharof Boshbekovga tegishli. Mashhur „Atirgullar ochdi chiroy“ qoʻshigʻi muallifi esa Azim Suyundir.
- 1995-yil filmlari
- Oʻzbek tilidagi filmlar
- Oʻzbekiston filmlari
