| Mirhalil Mahmudov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1-fevral 1947-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Toshkent konservatoriyasi |
| Kasbi | Kompozitor |
| Mukofotlari | |
Mirhalil Mahmudov (1947-yil 2-yanvar, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek kompozitori, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000).
Hayoti
Mirhalil Mahmudov 1947-yil 2-yanvarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida tavallud topgan. 1971-yilda Toshkent konservatoriyasini tugatgan. U 1974–1978-yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari rahbari sifatida, 1983-yildan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2000-yilga kelib dotsentlik unvoniga erishgan.
Simfonik asarlaridan 3 ta simfoniya (birinchisi „Navo“), skripka va simfonik orkestr uchun konsert, kamer orkestri uchun syuita, „D. Shostakovich xotirasiga“ poema, „Muhammas va ufor“ I-III; shuningdek, „Toshkent zamini“ kantatasi (Erkin Vohidov), „Ona madhi“ poemasi, „Vatan shahnozi“, „Ona Oʻzbekiston“, „Elga bahor keldi“ va boshqa qasidalar, „Toshkent sadosi“ oratoriyasi, „Sindirilgan koʻza“ (S. Jamol), „Davlat bolalari“ (Rixsivoy Muhammadjonov), „Toʻylar muborak“ (Oʻtkir Hoshimov) kabi musiqali drama va komediyalariga, 50 dan ortiq kinofilmlar („Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Oʻtgan kunlar“, „Chimildiq“, „Bulbul“, „Jaloliddin Manguberdi“ va boshqalar)ga musiqa bastalagan. Mirhalil Mahmudovning sara asarlari badiiy barkamolligi, milliy yorqinligi bilan ajralib turadi.
Mukofotlari
- 2000-yil — Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi.
- 1-fevralda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Bastakorlar