Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Durbek Umidovich Omonov — oʻzbek diplomati. 2013-2017-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi boʻlgan.

Durbek Omonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Durbek Umidovich Omonov
 Oʻzbеkistоnning Olmoniyadagi elchisi
 
Mansab davri
2013-yil 4-iyuldan – 2017-yil 27-aprelgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Nabijon Qosimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1965-yil 28-fevral (1965-02-28) (61 yosh)
Toshkent

Durbek Umidovich Omonov — oʻzbek diplomati. 2013-2017-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi boʻlgan.

Biografiyasi

Maʼlumoti

1989-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining umumiy davolash ishi fakultetini tamomlagan.

1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan.

Hindiston xalqaro munosabatlar institutida „Iqtisodiy diplomatiya“ yo‘nalishida tahsil olgan.

Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Rus va ingliz tillarini biladi.

Mehnat faoliyati

1989-1995 — Toshkent davlat tibbiyot institutida klinik ordinatura, aspirantura.

1995-1997 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi o‘qituvchisi.

1997-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari boshqarmasi ikkinchi kotibi.

1998-2001 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi ikkinchi kotibi.

2001-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari boshqarmasida boʻlim boshligʻi.

2003-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlari boshqarmasida boʻlim boshligʻi.

2004-2007 — O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi.

2007-2010 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar boshqarmasi boshligʻi.

2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsuli.

2013-2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya, Shveysariya, Chexiya va Ispaniyadagi (qarorgohi Berlinda) Favqulodda va Muxtor elchisi.

2017-2021 — Xususiy sektordagi faoliyat.

2021-2022 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori maslahatchisi.

2022-yildan — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori.

Yuqori