Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Atiye Sulton (usmonli turkcha: عطیه سلطان‎‎; 18-24-yil 2-yanvar – 185-yil 11-avgust) – Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmud II va Pervizife

Atiye Sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Atiye Sulton
Tugʻilishi 1824-yil 2-yanvar
Topkapı saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 11-avgust 1850-yil(1850-08-11)
(26 yoshda)
Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Sulton Mahmud II maqbarasi, Istanbul
Turmush oʻrtogʻi
Ahmad Fethiy posho
(turm. 1840; vaf. 1850)
Farzandlari
Sulola Usmoniylar
Otasi Mahmud II
Onasi Pervizfelek xonim
Dini Islom, sunniylik

Atiye Sulton (usmonli turkcha: عطیه سلطان‎‎; 18-24-yil 2-yanvar – 185-yil 11-avgust) – Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmud II va Pervizifelek xonimning qizi, sulton Abdulmajid I va Abdulazizning ota bir singlisi.

Yoshligi

Atiye Sulton 1824-yil 2-yanvarda Topkapı saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Mahmud II sulton Abdulhamid I va Nakshidil Sultonning oʻgʻli boʻlgan, onasi esa Pervizfelek xonim edi. Atiye Sultonning oʻzidan bir yosh kichik Hadiche Sulton hamda toʻrt yosh kichik Fotma Sulton ismli tugʻishgan singillari boʻlgan, biroq ularning ikkalasi ham yoshligida vafot etgan.

Atiye Sulton aqlli va isteʼdodli qiz sifatida taʼriflangan, sheʼriyat va adabiyotga qiziqqan. U oʻzidan atigi oʻn oy katta boʻlgan Abdulmajid I ning eng yaqin oʻgay singlisi edi. Koʻpincha yoshligida oʻgʻil bola kiyimida Abdulmajidning ketidan ergashib saroydan tashqariga chiqqan.

Nikohi

Atiye Sulton 1840-yil 8-yanvarda Abdulmajid I hukmronligi davrida Rodosizoda Ahmad Fethiy poshoga unashtirilgan. Nikoh 1840-yil 25-iyunda boʻlib oʻtgan. Ularning nikohini Shayx ul-islom Mekkizade Mustafo Osim afandi 1001 kumush xalta miqdoridagi mahr evaziga oʻqigan. Toʻy 1840-yil 7-avgustda Dolmabahçe saroyida yetti kun davom etgan. Oʻsha paytda Atiye 16 yoshda, Ahmad Fethiy esa 39 yoshda edi. Bu Ahmad Fethiy poshoning ikkinchi nikohi boʻlib, avvalgi nikohidan Mehmed Besim bey va Mahmud Jaloleddin posho (u Abdulmajidning qizi Jemile Sultonga uylangan) ismli ikki oʻgʻli, Ferdone xonim, Soliha Yagona xonim va Emine Guzide xonim ismli uch qizi boʻlgan.

Juftlikka yashash uchun Arnavutkoy saroyi berilgan. Bundan tashqari Atiye Sulton Kurucheşme saroyi, Kağıthaneda joylashgan Esma Sulton saroyi va Eyupxon villasida yashagan. Nikohdan keyin posho Atiyeninng saroyiga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik Atiye Sulton erining undan avval ham uylanganini bilgach, uni kuchli rashk qilib, saroydan chiqib ketmasligini talab qilgan. Hatto eri kechalari ishlari sabab saroyga qaytmay qolganida ham Kuzgunchukdagi avvalgi saroyiga odam yuborib, u yerda bor-yoʻqligini tekshirtirgan.

Atiye Sulton va Fethiy poshoning ikki qizi boʻlgan. Birinchi qizi Seniye Xonimsulton 1843-yil 4-oktyabrda, ikkinchi qizi Feride Xonimsulton esa 1847-yil 30-aprelda tugʻilgan. 1843-yilda Istanbulga kelgan Charles White Atiye Sulton haqda quyidagilarni aytgan:

Atya adabiyot homiysidir, shuningdek, shoir sifatida ham iste’doddan xoli emas.

Vafoti

Atiye Sulton 1850-yil 11-avgustda 26 yoshida vafot etgan va Istanbuldagi Divanyolu hududida joylashgan otasining maqbarasiga dafn qilingan.

Farzandlari

IsmTugʻilgan yiliVafot etgan yiliIzohlar
Seniye Xonimsulton 1843-yil 3-oktyabr 1913-yil 10-dekabr 1860-yilda Eyup saroyida Husayn Husnu poshoga turmushga chiqqan. Uning Abdulkarim posho ismli bir oʻgʻli va Fahire xonim va Radiye xonim ismli ikki nevarasi boʻlgan. Vafotidan keyin Yahyo Afandi qabristoniga dafn qilingan.
Feride Xonimsulton 1847-yil 30-may 1920-yil dekabr 1868-yilda Mahmud Nedim poshoga turmushga chiqqan va bir oʻgʻil koʻrgan. Vafotidan keyin Yahyo Afandi qabristoniga dafn qilingan.

Nasabi

Adabiyotlar

  • Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6. 
  • Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara: Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5. 


Yuqori