| Şehsuvar xonim | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Şehsuvar xonimning 1898-yildagi surati, eri Abdulmajid II tomonidan chizilgan. | |||||
| Tugʻilishi | 1881-yil 2-may | ||||
| Vafoti | tax. 1945 (yoshi 63–64) Parij, Fransiya | ||||
| Dafn etilgan joy | Bobigny qabristoni | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | |||||
| Farzandlari | Shahzoda Umar Faruk | ||||
| |||||
| Uy | Usmonliylar (nikoh orqali) | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Şehsuvar xonim (usmonli turkcha: شهسوار خانم – „jasur, qahramon ayol“; 1881-yil 2-mayda tugʻilgan – 1945-yilda vafot etgan), Şehsuvar Kadın nomi bilan ham atalgan, Usmoniylar imperiyasining soʻnggi xalifasi Abdulmajid II ning birinchi xotini.
Hayoti
Kelib chiqishi turk va ubixlardan boʻlgan Şehsuvar xonim 1881-yilda tugʻilgan. Usmoniylar imperiyasi xalifasi Abdulmajid II ga 1896-yil 22-dekabrda 15 yoshida turmushga chiqqan. Ularning yagona oʻgʻli Shahzoda Umar Faruk 1898-yil 29-fevralda tugʻilgan. 1920-yilda Şehsuvar oʻgʻliga amakisi Mehmed VI ning qizi Sabiha Sultonga uylanishiga ruxsat olishda yordam bergan. Sabihaning otasi Mehmed avvaliga bunga rozi boʻlmagan. Shundan soʻng Şehsuvar qizning onasi Nazikeda Kadın bilan gaplashgan va ular birgalikda Mehmeddan rozilik olishgan. Toʻy 1920-yil 29-aprelda boʻlib oʻtgan.

Abdulmajid klassik musiqaga qiziqqan. Baʼzan u xotinlari va xalfalar bilan birga musiqa ijro etardi. U pianino oldida boʻlar, Şehsuvar va Mehisti xonim skripka, Hayrünisa xonim esa violonchel chalardi.
1924-yil martida Usmoniylar sulolasi oila aʼzolari surgun qilinganda Şehsuvar erining ortidan avval Shveysariyaga, soʻngra Fransiyaning Nice shahriga joylashgdi. Şehsuvar eng kichik nabirasi Necla Sultonning enagasi Behzade xalfa bilan muammolarga duch keldi. Darhaqiqat, Behzade xalfa uni yoqtirmas, doimo Neclani unga qarshi qayrashga urinardi. Şehsuvar fransuz tilida gaplasha olgan, ingliz tilini ham tushungan.
Rasmlarda

Abdulmajidning 1898-yildagi „Pondering/Goethe in the harem“ asarida Şehsuvar divanda yonboshlab yotgan holda tasvirlangan. Biroq 2002-yil 26-may kuni Neslişah Sulton bilan olingan intervyuda u Şehsuvarning rasmdagi qiyofasi asliga oʻxshamasligini aytgan. Shuni ham aytish kerakki, Neslişah 1921-yilda, yaʼni rasm chizilgan sanadan qariyb 25 yil oʻtib tugʻilgan, uning buvisi haqidagi xotiralari esa kamida yana 15 yil keyingi davrga taalluqlidir. Abdulmajidning 1915-yilda „Harmony of the Harem/Beethoven in the Harem“ asarida u skripka chalayotgan holda tasvirlangan.
Vafoti
Şehsuvar xonim 1945-yilda vafot etgan, eridan qariyb 1 yil koʻproq yashagan. Vafotidan keyin Parijdagi Bobigny musulmonlar qabristoniga dafn qilingan.
Farzandlari
| Ism | Tugʻilgan | Vafot etgan | Izohlar |
|---|---|---|---|
| Shahzoda Umar Faruk | 1898-yil 27-fevral | 1969-yil 28-mart | ikki marta uylangan, uch qiz farzandi boʻlgan |
Adabiyotlar
- Bardakçı, Murat. Neslishah: The Last Ottoman Princess. Oxford University Press, 2017. ISBN 978-9-774-16837-6.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- Uçan, Lâle (2019). Son Halife Abdülmecid Efendi'nin Hayatı - Şehzâlik, Veliahtlık ve halifelik Yılları (PDF) (PhD Thesis). Istanbul University Institute of Social Sciences.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1881-yilda tugʻilganlar
- 1945-yilda vafot etganlar
- Cherkas ayollari
- Turk ayollari
- 20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari