| Abdulaxad Abdurashidov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1956-yil 11-iyun Margʻilon, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | 1976–1981-yillar Oʻzbekiston konservatoriyasi |
| Kasbi | Naychi sozanda |
| Mukofotlari | |
Abdulaxad Abdulhamidovich Abdurashidov (11-iyun 1956-yil, Margʻilon) – sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasini 1981-yil tugatgan. Margʻilondagi „Doʻstlik“ bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983-90), Oʻzteleradio kompaniyasining „Maqom“ ansamblida sozanda (1990-yildan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari („Choʻli Iroq“, „Yovvoyi Chorgoh“, „Qalandar“, eroncha „Shoda-shoda“ va boshqalar), oʻzbek ashula va katta ashulalarning cholgʻu yoʻllari („Figʻon“, „Hanuz“, „Ey, sabo“, „Bir kelsun“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ijro uslubiga badihagoʻylik, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida „Nay nolasi“, „Nigohing“ kabi kuylarni, „Fargʻona ekan doʻstlar“, „Margʻilon atlaslari“, „Paydo boʻlibdi“ va boshq ashulalarni yaratgan.
- 11-iyunda tugʻilganlar
- 1956-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
