- Vikipediyada ismi Furqat va familiyasi Esonboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Furqat Erkinovich Esonboyev | ||
| Tavallud sanasi | 1961-yil 12-fevral | ||
| Tavallud joyi | Toshkent viloyati Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 182 sm | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| – | | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1979 | | ||
| 1980—1981 | | 14 | (2) |
| 1981 | | 21 | (5) |
| 1982—1984 | | 96 | (12) |
| 1985—1987 | | 97 | (34) |
| 1988 | | 32 | (15) |
| 1989 | | 18 | (4) |
| 1989 | | 13 | (10) |
| 1990 | | 29 | (18) |
| 1990 | | 7 | (5) |
| 1990—1992 | | 66 | (43) |
| 1992 | | 11 | (11) |
| 1993 | | 15 | (4) |
| 1993—1997 | | 111 | (41) |
| 1998 | | 21 | (4) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1999 | | ||
| 2007—2008 | | ||
| 2014 | | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Furqat Erkinovich Esonboyev (12-fevral 1961-yil, Boʻka tumani, Toshkent viloyati) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy. Futbolchilik davrida „Paxtakor“, Soʻgʻdiyona", „Andijon“ va „MHSK“ jamoalarida oʻynagan.
Futboldagi faoliyati
Toshkentdagi Titov nomidagi sport maktabida taʼlim olgan. Professional faoliyatini 1979-yilda „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosarlar tarkibida boshladi. 1980-yilgi mavsumda Jizzaxning „Yoshlik“ (hozirda „Soʻgʻdiyona“ nomi bilan ataladi) jamoasiga oʻtdi. Esonboyev Jizzaxliklar safida bir necha mavsum toʻp surdi. Jamoa tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri hisoblanadi. Turli yillarda Yangiyer, Start, Kosonsoy, Sohibkor, Andijon, Kimyogar, MHSK va Metallurg jamoalarida toʻp tepgan. Namanganning „Kosonsoy“ va Olmaliqning" Kimyogar" jamoalarida SSSR ikkinchi ligasida toʻpurarlar safidan oʻrin olgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach ilk bor oʻtkazilayotgan Oliy ligada (hozirda Oʻzbekiston Superligasi) ham toʻpurarlik mahoratini namoyish etishda davom etdi. 1992-yilgi Oliy liganing dastblabki mavsumida birinchi boʻlib, „Andijon“ jamoasi safida „Shahrixon“ jamoasiga qarshi oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan. Esonboyev futbolchilik faoliyatini 1998-yil Bekobodning „Metallurg“ jamoasi safida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
1999-yilgi mavsumda murabbiylik faoliyatini boshladi va „Soʻgʻdiyona“ jamoasi murabbiylar shatabida ishladi. 2007—2008-yilgi masvumda Jizzaxliklar jamoasini Oʻzbekiston Pro ligasidan Oʻzbekiston Superligasiga chiqishida katta hissa qoʻshdi. 2014-yilgi mavsumda Toshkentnng „Oqtepa“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.
2026-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tartib-intizom qoʻmitasi raisi.
Shaxsiy hayot
Furqat Esonboyevning oʻgli Shahboz Erkinov ham futbolchi.
- 12-fevralda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Boʻka tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Yangiyer klubi futbolchilari
- Start Toshkent klubi futbolchilari
- Kosonsoy klubi futbolchilari
- Sohibkor futbolchilari
- Kimyogar Olmaliq klubi futbolchilari
- MHSK klubi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar