| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jamshid Saidov | ||
| Tavallud sanasi | 1978-yil 14-fevral | ||
| Tavallud joyi | BuxoroOʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 1.72 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi / Yarim himoyachi | ||
| Vazni | 70 kg | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1999—2003 | Buxoro | 102 | (2) |
| 2004 | Dinamo | 18 | (1) |
| 2005—2008 | Vobkent | 25+ | (3+) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2010—2012 | Buxoro (Yordamchi murabbiy) | ||
| 2012 | Buxoro | ||
| 2015—2017 | Buxoro | ||
| 2019—2020 | Andijon | ||
| 2021—2023 | Lokomotiv (Yordamchi murabbiy) | ||
| 2023—2024 | Qizilqum | ||
| 2025— | Lokomotiv (Yordamchi murabbiy) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Jamshid Saidov (ruscha: Саидов Джамшид; 14-fevral 1978-yil, Buxoro) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Futbolchilik faoliyatida asosan Buxoro viloyati jamoalarida oʻynagan.
Faoliyati
Futbolchilik faoliyati
Saidov professional futboldagi faoliyatini „Buxoro“ klubida, 1999-yilgi mavsumda boshlgaan. Buxoro klubida yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan 2004-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda Buxoroga qaytdi va Vobekntning „Vobkent“ klubi safida oʻynay boshlagan. 2006-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasi musoboqasida Toshkentning „Quruvchi“ jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni olib Oʻzbekiston Oliy ligasiga „Vobkent“ klubi bilan yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi mavsumda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
Murabbiylik faoliyatini 2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etayotgan Buxoro jamoasida, Gennadiy Kochnevga yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2011—2012-yilgi mavsumda bir muddat „Buxoro“ klubi bosh murabbiyi vazifasini bajargan. 2013—2015-yillarda Muborakning „Mashʼal“ klub tizimida ishlagan va bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga yordamchilik qilgan. 2014-yilda AFC murabbiylik Pro litsenziyasini qoʻlga kiritgan. 2015-yilgi mavsumda yana „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy sifatida qaytdi. 2015-yil 5-iyulda Shuhrat Fayziyev oʻrniga „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Jamshid Saidov boshchiligidagi Buxoro jamoasi 2016-yilgi mavsumda oʻz tarixidagi eng yaxshi natijalarni birini qayd etdi. Mavsum davomida barqaror oʻynagan jamoa musoboqa yakunida 4-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. 2017-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasidan isteʼfoga chiqgan. 2020-yil 27-iyulda „Buxoro“ klubida bosh murabbiylikdan boʻshatilgan Muhsin Muhammadiyev oʻrniga bosh murabbiy sifatida tayinlangan va mavsum soʻngida isteʼfoga chiqgan. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tizimida murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirgan. 2023-yil 20-iyunda Navoiyning „Qizilqum“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi.
- 14-fevralda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Buxoroda tugʻilganlar
- Kishilar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Erkak futbol himoyachilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Vobkent klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Buxoro klubi murabbiylari
- Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar