Neslihan Atagül Doğulu (talaffuzi: Neslihan Atagul Dogʻulu ; 1992-yil 20-avgustda tugʻilgan) — turk aktrisasi. U 110 dan ortiq mamlakatlarda sotilgan Kara Sevda (2015—2017) serialidagi roli bilan tanilgan va Xalqaro Emmy mukofotining yagona turkiyalik sovrindoridir (2017). Shuningdek, uning Fatih Harbiye (2013—2014) serialidagi hamda Araf va Senden Bana Kalan filmlaridagi bosh rollari diqqatga sazovordir. Aktrisalik faoliyati davomida Atagül koʻplab mukofot va maqtovlarga sazovor boʻlgan, jumladan Tokio xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Akademiya mukofotini olgan.
| Neslihan Atagül Doğulu | |
|---|---|
| Tavalludi | 1992-yil 20-avgust Istanbul, Turkiya |
| Fuqaroligi | Turkiya |
| Taʼlimi | Yeditepe universiteti |
| Kasbi | Aktrisa, model |
| Faoliyat yillari | 2006-yildan hozirgi kungacha |
| Millati | turk |
| Boʻyi | 1.69 m |
| Turmush oʻrtogʻi | Kadir Doğulu (2016-yildan beri) |
| Veb-sayti | neslihanatagul.com |
Biografiyasi
Neslihan Atagül 1992-yil 20-avgustda Istanbulda tugʻilgan. Uning otasi cherkes millatiga mansub haydovchi, onasi esa belarus millatiga mansub uy bekasi edi.
U Yeditepe univetsitetida teatr yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan.
Faoliyati
Dastlabki faoliyat yillari
Atagül 8 yoshida aktrisa boʻlishni maqsad qilgan edi. 2005-yilda 13 yoshida u Neşe Erberkga tegishli Erberk agentligining raqamini topdi; u Erberkning agentlik manzilini olgan va onasi bilan roʻyxatdan oʻtish uchun borgan. Oradan bir oy oʻtgach, u o‘zining birinchi reklama roligida rol o‘ynadi.
2006-yilda Atagül İlk aşk filmida aktrisalik debyutini amalga oshirdi va shu roli tufayli „Istiqbolli yosh aktrisa“ nominatsiyasida faoliyatidagi birinchi mukofotga sazovor bo‘ldi. 2006-2010-yillar oralig‘ida u aynan shu nomdagi romanga asoslangan Yaprak Do‘kümü serialida rol ijro etdi. Kelgusi yillarda Canım Babam, Kalbim Seni Seçti, Hayat Devam Ediyor kabi boshqa seriallarda suratga tushdi.
2012-yilda u Araf filmidagi bosh roli bilan eʼtiborga sazovor boʻldi va ushbu roli sababli nufuzli Tokio xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Akademiya mukofotini qo‘lga kiritdi.
2013—2014: Fatih Harbiye
2013-yilda Atagül Kadir Doğulu bilan birga Fatih Harbiye romantik drama seriyasidagi bosh rolni egalladi. Bu turkiyalik yozuvchi Peyami Safaning 1931-yilda nashr etilgan shu nomli kitobiga moslashtirilgan film boʻlib, unda Neriman Solmaz rolini ijro etgan. Neriman mahallada yashab, onasiz o‘sgan yosh ayol bo‘lib, bolalikdan sevib kelgan yigiti bilan unashtirilgan edi. Ammo u Macit Arcaoğlu (Kadir Doğulu) bilan tanishgandan so‘ng hayoti o‘zgaradi.
Fatih Harbiye premyerasi 2013-yil 31-avgustda Fox kanalida boʻlib oʻtdi, biroq keyinroq Show TVga koʻchdi. U ikki mavsum davom etdi va 2014-yil 10-dekabrda yakunlandi.
2015—2017: Kara Sevda va ortib borayotgan mashhurlik
2015-yilda u faoliyatidagi eng muhim va eng sevimli rollaridan birini, Kara Sevda melodramasidagi Nihan Sezin rolini oʻynadi. Ushbu serial 2017-yilda Xalqaro Emmy mukofotining Eng yaxshi telenovela nominatsiyasini qo‘lga kiritgan birinchi turk seriali bo‘ldi. Serial shuningdek Seul xalqaro drama mukofotlari taqdirlash marosimida hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi.
Kara Sevda dunyoda eng koʻp tomosha qilingan turk seriallaridan biriga aylandi, 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan va Rossiya, Eron, Sloveniya, Urugvay hamda Gretsiya kabi 110 dan ortiq mamlakatlarda efirga uzatilgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ispan jamiyati uchun efirga uzatilganda, u Univision kanalida eng ko‘p tomosha qilingan ispanlarniki bo‘lmagan serialga aylandi.
Ushbu serialdagi ijrosi tufayli Atagül toʻrtta mukofotni qoʻlga kiritdi va uning mashhurligi nafaqat Turkiyada, balki xalqaro miqyosda, xususan, arab mamlakatlarida ham keskin oshdi.
U İlker Kaleli bilan birga Dip (2018) seriali orqali onlayn oqim platformalarida debyut qildi.
2019—2021: Sefirin Kızı
2019-yilda Neslihan Atagül Nare rolini ijro etgan Sefirin Kızı seriali bilan ekranga qaytdi.
Serial Star TVda ikki fasl davomida jami 52 qismdan iborat boʻlgan holda namoyish etildi. Premyerasi 2019-yil 16-dekabrda boʻlib, 2021-yil 11-mayda yakuniga yetdi va ijrosi uchun u Izmir Artemis xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotini oldi. Biroq, seriyaning oʻrtasida Atagül sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli serialdan voz kechganini eʼlon qildi.
Hozirgi
Hozir Atagül yangi professional loyihasi - Hadsiz jurnali ustida ishlamoqda. Bu jurnal ta’sirchan fotosuratlar va taniqli mehmonlar bilan eksklyuziv suhbatlarni o‘quvchilarga taqdim etadi.
Shaxsiy hayoti
Neslihan 2013-yil oktyabr oyida Fatih Harbiyedagi hamkasbi Kadir Doğulu bilan uchrasha boshlagan. Ular 2015-yilning noyabrida unashtirishgan va 2016-yil iyul oyida turmush qurishgan.
Filmografiyasi
| Kino | |||
|---|---|---|---|
| Yil | Nomi | Roli | Manba(lar) |
| 2006 | İlk Aşk | Genç Bahar | Yordamchi rol |
| 2011 | Araf | Zehra | Bosh rol |
| 2015 | Senden Bana Kalan | Elif | |
| TBA | Ah Belinda | Sevilay | |
| Televideniya | |||
| Yil | Nomi | Rol | Manba(lar) |
| 2006—2010 | Yaprak Dökümü | Deniz Başsoy | Yordamchi rol |
| 2011 | Kalbim Seni Seçti | Melis | |
| 2011 | Canım Babam | Pınar | Bosh rol |
| 2011—2012 | Hayat Devam Ediyor | Şirin Bakırcı | |
| 2013—2014 | Fatih Harbiye | Neriman Sölmaz | |
| 2015—2017 | Kara Sevda | Nihan Sezin | |
| 2018 | Dip | Bilge Koral | |
| 2019—2021 | Sefirin Kızı | Nare Çelebi Işıklı | |
| 2022— | Gecenin Ucunda | Macide | |
Mukofot va nominatsiyalar
| Yil | Taqdirlash marosimi | Yo‘nalish | Loyiha | Natija | Manba(lar) |
|---|---|---|---|---|---|
| 2006 | Golden Boll Film Festival | Umidli yosh aktrisa | İlk Aşk | Gʻolib boʻlgan | |
| 2007 | Moscow 2morrow Film Festival | Hozir va kelajakdagi eng yaxshi aktrisa | Araf | Gʻolib boʻlgan | |
| 2011 | 19th Golden Cocoon Film Festival | Umidli yosh aktrisa | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2012 | 25th Tokyo International Film Festival | Eng yaxshi aktrisa | Gʻolib boʻlgan | ||
| Pune International Film Festival | Eng yaxshi namoyish | Gʻolib boʻlgan | |||
| 45th Cinema Writers Association Awards | Eng yaxshi aktrisa | Gʻolib boʻlgan | |||
| 2013 | 16th Uçan Broom International Women Films Festival | Eng yaxshi yosh aktrisa | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2016 | 16th Magazinci.com Internet Media (Bests) | Yilningeng yaxshi televideniye aktrisasi | Kara Sevda | Gʻolib boʻlgan | |
| 6th Ayaklı Newspaper TV Stars Awards | Eng yaxshi televideniya dramasi aktrisasi | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Seoul International Drama Awards | Eng yaxshi aktrisa | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| MGD 22nd Golden Lens Awards | Eng yaxshi drama aktrisasi | Gʻolib boʻlgan | |||
| Golden Butterfly Awards | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||||
| KTÜ Media Awards | Eng yuqori baholangan aktrisa | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Ege University 5th Media Awards | Eng yaxshi aktrisa | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| 2017 | 1st Müzikonair Awards | Eng yaxshi televideniya aktrisasi | Gʻolib boʻlgan | ||
| Bilkent TV Awards | Eng yaxshi aktrisa | Nomzodlikka qoʻyilgan | |||
| Turkish Children's Awards | Nomzodlikka qoʻyilgan | ||||
| 2020 | 3rd International Izmir Film Festival Golden Artemis Awards | Eng yaxshi aktrisa | Sefirin Kızı | Gʻolib boʻlgan | |
| SE-SAM Award Ceremony for Those Who Carried Turkish Cinema from the Past to the Future | Turk kinosini oʻtmishdan kelajakka olib boradigan ism | Gʻolib boʻlgan | |||
| 1st Cinemaport Awards | Eng yaxshi televideniya aktrisasi | Sefirin Kızı | Gʻolib boʻlgan | ||
| 2021 | Soap Awards France 2021 | Eng yaxshi xalqaro aktrisa | Kara Sevda | Nomzodlikka qoʻyilgan | |
| Distinctive International Arab Festivals Awards | Yilning eng yaxshi xalqaro aktrisasi | Sefirin Kızı | Gʻolib boʻlgan |
- 20-avgustda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha aktrisalar
- Modellar (kasb)
- Turkiyalik aktrisalar