
Yasamal tumani - 1932-yilda tashkil qilingan Yasamal tumanining nomi avvallar Oktyabr tumani deb nomlangan. Ozarbayjon oʻz mustaqilligiga erishgach, Ozarbayjon Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 29-apreldagi qaroriga binoan Oktyabr tumani nomi Yasamal tumani deb oʻzgartirildi. Boku metrosining Nizomiy, Fanlar Akademiyasi, Inshaatchilar va 20 yanvar metro stansiyalari tuman hududida joylashgan.
Yasamal tumanida joylashgan muhim joylardan Ozarbayjon davlat akademik milliy drama teatri, Jalil Mammadquluzo uy muzeyi, Leopold va Mstislav Rostropovichning uy-muzeyi va „Azerfilm“ studiyasini keltirib oʻtish mumkin.
- Boku tumanlari
- Boku