| Vivienne Westwood | |
|---|---|
| Westwood 2008-yilda | |
| Tavalludi | Vivienne Isabel Swire 8-aprel 1941-yil Hollingworth, Cheshire, Angliya |
| Vafoti | 29-dekabr 2022-yil (81 yoshda) Clapham, London, Angliya |
| Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
| Kasbi |
|
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | 2, ulardan birir Joseph Corré |
| Mukofotlari | Yilning eng yaxshi moda dizayneri (1990, 1991, 2006) |
Dame Vivienne Isabel Westwood (qizlik familyasi: Swire; 1941-yil 8-aprelda tugʻilgan – 2022-yil 29-dekabrda vafot etgan) – ingliz moda dizayneri va tadbirkor, zamonaviy pank va yangi toʻlqin uslublarini ommaviy modaga olib kirgan asosiy shaxslardan biri. 2022-yilda Sky Arts kanali uni Britaniyadagi soʻnggi 50 yildagi eng nufuzli rassomlar roʻyxatida 4-oʻrinda qayd etgan.
Westwood va Malcolm McLaren Londonning Kingʻs Road koʻchasida butik ochgan va liboslar yarata boshlagan. Aynan shu davrdan boshlab ular mashhurlikka erishgan. Ushbu butik keyinchalik „Sex“ nomi bilan tanilgan. Ularning kiyim va musiqani uygʻunlashtirish qobiliyati 1970-yillardagi Buyuk Britaniya pank madaniyatining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Bu harakat tarkibiga Malcolm McLaren boshchiligidagi „Sex Pistols“ guruhi ham kirgan.
Westwood Londonda 4 ta doʻkon ochgan, keyinchalik butun Buyuk Britaniya hamda dunyo boʻylab oʻz faoliyatlarini kengaytirgan. Uning doʻkonlarida turli xil mahsulotlar sotilgan boʻlib, ularning ayrimlari Westwoodning siyosiy qarashlarini targʻib qilgan. Masalan, yadro qurollarini yoʻq qilish kampaniyasi, iqlim oʻzgarishiga qarshi harakatlar va fuqaroviy va siyosiy huquqlarni himoya qiluvchi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlagan.
Shaxsiy hayoti

Westwoodning ikki farzandi boʻlgan. Birinchi eri Derek Westwooddan tugʻilgan oʻgʻli Ben Westwood (1963-yilda tugʻilgan) erotik janrdagi suratlar bilan shugʻullanuvchi fotograf. Ikkinchi eri Malcolm McLarendan tugʻilgan oʻgʻli Joseph Corré (1967-yilda tugʻilgan) esa mashhur ichki kiyim brendi Agent Provocateur asoschisi hisoblanadi. Uning nevarasi Cora Corré ham modellik bilan shugʻullanadi.
Westwood 1992-yilda moda boʻyicha shogirdi Andreas Kronthalerga turmushga chiqqan.
- 8-aprelda tugʻilganlar
- 1941-yilda tugʻilganlar
- 29-dekabrda vafot etganlar
- 2022-yilda vafot etganlar
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Musiqa va moda
- Britaniyalik moda dizaynerlari
- Oyoq kiyim dizaynerlari
- Ingliz moda dizaynerlari
- Ingliz tadbirkorlar