Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yamoma jangi (arabcha: معركة اليمامة‎‎) – 632-yilning dekabr oyida Ridda urushlari doirasida Roshidun xalifaligidagi isyonlarga qarshi olib borilgan janglardan

Yamoma jangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yamoma jangi
Ridda urushlari va Xolid ibn Valid yurishlarining bir qismi
Sanalar milodiy 632-yil dekabr
Urush yeri Aqraba tekisligi, Yamoma, Arabiston
Natija Musulmonlarning gʻalabasi
Qoʻmondonlar
Roshidun xalifaligi
  • Abu Bakr Siddiq
  • Xolid ibn Valid
  • Shurahbil ibn Hasana
  • Zayd ibn al-Xattob 
  • Abu Dujana 
  • Abu Huzayfa ibn Utba 
  • Ikrima ibn Abu Jahl
  • Ammar ibn Yasir
  • Baro ibn Molik
  • Abdulloh ibn Suhayl 
  • Vahshi ibn Harb
Banu Hanifa qabilasi
Musaylamaning tarafdorlari
  • Musaylama 
  • Rajjol ibn Unfuva 
  • Muhkam ibn Tufayl 
Kuchlar
10,000-13,000 50,000-100,000

Yamoma jangi (arabcha: معركة اليمامة) – 632-yilning dekabr oyida Ridda urushlari doirasida Roshidun xalifaligidagi isyonlarga qarshi olib borilgan janglardan biri. Hozirgi Saudiya Arabistonining Yamoma hududida, xalifa Abu Bakr qoʻshinlari hamda oʻzini payg‘ambar deb eʼlon qilgan Musaylama oʻrtasida kechgan.

Urush oqibati

Roshidun xalifaligida sodir etilgan ushbu isyon bostirilgan. Madinaning aholisi bu jangdan keyin Musaylamaning harakatlari natijasida yuzaga kelgan tartibsizlik tugatilganidan xursand boʻlgan, biroq har bir oiladan bir kishi qurbon boʻlganligi ularni qaygʻuga solib qoʻygan edi.

Taʼsiri

Jang xalifa Abu Bakrni Qur’onning toʻliq yigʻilishiga undagan asosiy omillardan biri boʻldi. Paygʻambar Muhammad hayotligida yozilgan qismlar sahobalar orasida tarqalib, shaxsiy mulk sifatida saqlanardi. Biroq Yamoma jangida 360 nafardan ortiq hofiz (Qur’onni yodlagan musulmonlar) halok boʻldi. Natijada, boʻlajak xalifa Umarning talabiga binoan Abu Bakr Qur’onning birinchi toʻliq shaklini yaratishni buyurdi. U Zayd ibn Sobitni Qur’onning barcha parchalarini (papirus, palma bargi va boshqa materiallarga yozilgan) bitta nusxaga toʻplashni buyurdi. Shu bilan birga, har bir Qur’on oyati kamida ikki nafar hofiz tomonidan yod olinishi kerak edi.

Adabiyotlar

  • A. I. Akram, The Sword of Allah: Khalid bin al-Waleed, His Life and Campaigns, Nat. Publishing. House, Rawalpindi (1970) ISBN 0-7101-0104-X.
Yuqori