Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mahmud Tarziy (23.8.1865, Gʻazna – 22.11.1933, Istanbul) – Afgʻoniston davlat arbobi, tarixchi. Yosh afgʻonlar harakatining gʻoyaviy rahbari. Damashq, Istanbul

Mahmud Tarziy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alloma Mahmud Tarziy
محمود طرزۍ

Mahmud Tarziy 1920-yilda
Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1924-yil sentyabr  1927-yil yanvar
Monarx Omonullaxon
Oʻtmishdoshi Sardor Sher Ahmad
Vorisi Gʻulom Siddiqxon Charxiy (v.b.)
Mansab davri
1919-yil fevral  1922-yil iyun
Monarx Omonullaxon
Oʻtmishdoshi Sardor Muhammad Azizxon
Vorisi Muhammad Valixon Darvoziy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-avgust 1865-yil
Gʻazna, Afgʻoniston amirligi
Vafoti 22-noyabr 1933-yil(1933-11-22)
(68 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Turmush oʻrtogʻi Asma Rasmiya xonim
Bolalari Surayyo Tarziy (qizi)
Otasi Gʻulom Muhammad Tarziy
Dafn etilgan joyi Istanbul, Turkiya

Mahmud Tarziy (23.8.1865, Gʻazna – 22.11.1933, Istanbul) – Afgʻoniston davlat arbobi, tarixchi. Yosh afgʻonlar harakatining gʻoyaviy rahbari. Damashq, Istanbul va boshqa shaharlarda taʼlim olgan. 1903-yilda Afgʻonistonga qaytib kelgan. 1911—1919-yillarda „Siroj ul-axbor“ („Xabarlar chirogʻi“) gazetasi noshiri va muharriri. Afgʻonistonda maʼrifatparvarlik gʻoyalari tarqalishiga munosib hissa qoʻshgan. Omonullaxon hokimiyat tepasiga kelgach, yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi (1919—1922, 1924—1927). Hukumat ichida bir-biriga qarama-qarshi 2 guruh boʻlib, Mahmud Tarziy taraqqiyparvar kuchlarga boshchilik qilgan. K. keskin (radikal) ichki islohotlar oʻtkazish, konstitutsion tartib oʻrnatish, tinchliksevar tashqi siyosat olib borishni yoqlab chiqqan. Bosh vazir Abdulquddusxon Ittimadiy uning bu fikrlariga qarshi turgan va konstitutsion gʻoyalarni targʻib qilayotgan kishilar qatl qilinishiga fatvo berilishini talab qilgan. 1928—1929-yillarda Afgʻonistonda Omonullaxonga qarshi Xabibulla – Bachai Saqqo (1880—1929) rahbarligida koʻtarilgan qoʻzgʻolondan keyin, Turkiyaga koʻchib ketgan. U Afgʻoniston tarixi va madaniyatiga oid asarlar yozgan. Badiiy ijod bilan ham shugʻullangan.

Yana qarang

Adabiyot

  • Nazarov X., Sotsialnie dvijeniya 20-x godov XX veka v Afganistane, Dushanbe, 1989.



Yuqori