| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Huang Bowen | ||
| Tavallud sanasi | 1987-yil 13-iyul | ||
| Tavallud joyi | Changsha, Hunan, Xitoy | ||
| Boʻyi | 177 cm | ||
| Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Guangzhou F.C. | ||
| Raqami | 16 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2002—2003 | Beijing Guoan | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2004—2010 | Beijing Guoan | 103 | (14) |
| 2011—2012 | Jeonbuk Hyundai Motors | 29 | (3) |
| 2012- | Guangzhou Evergrande | 191 | (9) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2008- | China | 44 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12-noyabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-noyabr 2019-yil uchun) | |||
Huang Bowen (1987-yil 13-iyulda tugʻilgan) — Xitoyning professional futbolchisi, hozir Xitoy Superligasining „Guangzhou“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Huang Bowen futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Beijing Guoan“da boshlagan. Istiqbolli yosh iqtidor sifatida u klub uchun debyutini 2004-yil 26-may kuni Shenyang Gindega qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan va Huang oʻzining birinchi golini ham urdgan. Debyut mavsumining oxiriga kelib, u oltita liga oʻyinida maydonga tushgan. Garchi bu oʻyinlarning koʻpida zahiradan maydonga tushgan boʻlsa-da, u asta-sekin kattalar jamoasida oʻzini namoyon qila boshlagan. Keyingi mavsumlarda u asta-sekin oʻzini klubning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan. Faqat 2007-yilgi mavsumda Huang oʻzini Pekin jamoasining ajralmas aʼzosi sifatida koʻrsata boshlagan va ularga ligada ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan.
2011-yilning 10-fevralida Huan K-Liga jamoasi Jeonbuk Hyundai Motorsga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2011-yilning 6-martida Chunnam Dragonsga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. 2011-yilning 6-martida OFK Chempionlar ligasi oʻyinida „Arema FC“ ga qarshi oʻyinda (4:0) u klub uchun birinchi golini kiritgan.
2012-yilning 7-iyulida Huang Xitoy Superligasi vakili "Guangzhou Evergrand "ga oʻtgan. U Guangzhouning 2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan jamoaning asosoiy oʻyinchisi edi, klub qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan ikkinchi Xitoy jamoasiga aylangan. 2017-yil 13-avgust kuni Henan Jianyega qarshi liga oʻyinida Rikardo Vaz Tê tomonidan qoʻpollik ishlatilib Huang umurtqa suyagini jarohatlab olgan, bu esa uni mavsumning qolgan qismida maydonga tushishiga monelik qilgan.
Xalqaro faoliyati
Huang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2008-yilning 25-mayida Iordaniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Yoshi va tajribasizligiga qaramay, oʻsha paytdagi bosh murabbiy Vladimir Petrovich Huangga 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidagi muhim bahsda Qatarga qarshi oʻyinda (1:0) bitta oʻyin oʻtkazishga ruxsat bergan va bu Xitoyni saralashdan chiqarib yuborgan. Qolgan saralash oʻyinlarida u boshqa ishtirok etmagan boʻlsa-da, 2011-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida vaqtinchalik murabbiyi Yin Tiesheng qoʻl ostida terma jamoaga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Beijing Guoan | 2004 | Xitoy Super Ligasi | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 6 | 1 | ||
| 2005 | 5 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | - | - | 12 | 0 | ||||
| 2006 | 5 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | 6 | 1 | |||||
| 2007 | 22 | 1 | - | - | - | - | 22 | 1 | ||||||
| 2008 | 29 | 7 | - | - | 6 | 0 | - | 35 | 7 | |||||
| 2009 | 17 | 3 | - | - | 4 | 0 | - | 21 | 3 | |||||
| 2010 | 19 | 1 | - | - | 7 | 0 | - | 26 | 1 | |||||
| Jami | 103 | 14 | 4 | 0 | 4 | 0 | 17 | 0 | 0 | 0 | 128 | 14 | ||
| Jeonbuk Hyundai Motors | 2011 | K-League | 20 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 | - | 26 | 3 | |
| 2012 | 9 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | - | 12 | 2 | |||
| Jami | 29 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 8 | 2 | 0 | 0 | 38 | 5 | ||
| Guangzhou Evergrande | 2012 | Xitoy Super Ligasi | 9 | 1 | 3 | 0 | - | 1 | 1 | - | 13 | 2 | ||
| 2013 | 25 | 4 | 4 | 1 | - | 12 | 0 | 4 | 0 | 45 | 5 | |||
| 2014 | 27 | 1 | 1 | 0 | - | 10 | 1 | 0 | 0 | 38 | 2 | |||
| 2015 | 28 | 1 | 0 | 0 | - | 13 | 3 | 4 | 0 | 45 | 4 | |||
| 2016 | 28 | 1 | 7 | 1 | - | 6 | 0 | 1 | 0 | 42 | 2 | |||
| 2017 | 21 | 1 | 2 | 0 | - | 6 | 0 | 0 | 0 | 29 | 1 | |||
| 2018 | 20 | 0 | 0 | 0 | - | 7 | 1 | 1 | 1 | 28 | 2 | |||
| 2019 | 25 | 0 | 2 | 0 | - | 11 | 1 | - | 38 | 1 | ||||
| 2020 | 8 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | - | 10 | 0 | ||||
| Jami | 191 | 9 | 19 | 2 | 0 | 0 | 68 | 7 | 10 | 1 | 288 | 19 | ||
| Karyerada jami | 323 | 26 | 24 | 2 | 4 | 0 | 93 | 9 | 10 | 1 | 454 | 38 | ||
Xalqaro statistika
| Milliy terma jamoa | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2008 | 5 | 0 |
| 2009 | 7 | 1 |
| 2010 | 3 | 0 |
| 2011 | 9 | 1 |
| 2012 | 0 | 0 |
| 2013 | 4 | 0 |
| 2014 | 1 | 0 |
| 2015 | 2 | 0 |
| 2016 | 9 | 1 |
| 2017 | 3 | 0 |
| 2018 | 1 | 0 |
| Jami | 44 | 3 |
Xalqaro maydondagi gollar
| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 9.01.2009 | Azadi stadioni, Tehron, Eron | 1 — 2 | 1-3 | Oʻrtoqlik | |
| 2. | 29.03.2011 | Wuhan Sport Center Stadium, Wuhan, Xitoy | 1 — 0 | 3-0 | Oʻrtoqlik | |
| 3. | 29.03.2016 | Shensi provintsiyasi stadioni, Sian, Xitoy | 1 — 0 | 2-0 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
Klub
Beijing Guoan
- Xitoy Superligasi : 2009-yil
Jeonbuk Hyundai Motors
- K-liga : 2011-yil
- Xitoy Superligasi : 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013, 2015
- Xitoy FA kubogi : 2012 2016
- Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018
Xalqaro
Xitoy milliy terma jamoasi
- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Shaxsiy yutuqlar
- Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2008-yil
- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2015-yil
- Osiyo Chempionlar Ligasi orzu jamoasi: 2015-yil
- 13-iyulda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Xitoylik erkak futbolchilar