| Dmitriy Li | |
|---|---|
| Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori | |
| Mansab davri 2019-yil 10-yanvardan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1982-yil 21-avgust Toshkent |
| Mukofotlari | |
Dmitriy Romanovich Li (Дмитрий Романович Ли) — oʻzbekistonlik texnolog va davlat arbobi.
Biografiyasi
Dmitriy Li Oʻzbekiston xalq taʼlimi tizimida, mashinasozlik va metallurgiya sohalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
2018-yildan 2021-yilgacha Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi boʻlgan.
2019—2022-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori boʻlgan.
2022-yil 29-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
2024-yil 26-oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd qilingan. Suiqasd ishi doirasida Oʻzbekiston ichki ishlar vazirligi ikki nafar chechenistonlik — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovni xalqaro qidiruvga bergan. Ular Allamjonovdan tashqari Dmitriy Liga suiqasd urinishiga aloqadorlikda gumonlangan.
Mukofotlari
- Doʻstlik ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
- 21-avgustda tugʻilganlar
- 1982-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar