| | |||||||
| |||||||
| Tashkil topgan | 2008 | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Baza aeroporti | Sheremetyevo (aeroport) | ||||||
| Shoʻba korxonalari | Pegas Fly | ||||||
| Park hududi | 27 | ||||||
| Parvoz yoʻnalishlari | 74 | ||||||
| Egasi | Pegas Touristik | ||||||
| Bosh qarorgohi | Moskva, Rossiya | ||||||
| Muhim shaxslar | Shvetsov Igor (bosh direktor) | ||||||
| Sayti | nordwindairlines.ru | ||||||
„Nordwind Airlines“ MChJ (ruscha: ООО Северный ветер) — Rossiyaning dam olish va sayohatlarga ixtisoslashgan aviakompaniyasi. Kompaniya bosh qarorgohi Moskvada joylashgan boʻlib, uning asosiy aviahab Sheremetyevo xalqaro aeroportida joylashgan. Nordwind Airlines asosan Rossiya aeroportlari hamda Yevropa va Osiyodagi dam olish maskanlari oʻrtasida parvozlarni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning Yevropa Ittifoqi hududida parvoz qilishi taqiqlangan.
Tarixi
Nordwind Airlines 2008-yil avgust oyida Pegas Touristik turoperatorining Rossiya va Turkiya boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan boʻlib, dastlab uchta Boeing 757-200 samolyoti bilan faoliyat boshlagan.
Yillar kesimida tashilgan yoʻlovchilar soni:
| Yillar | Yoʻlovchilar soni |
|---|---|
| 2008 | 20 000 |
| 2009 | 555 000 |
| 2010 | 1,2 million |
| 2011 | 1,7 million |
| 2012 | 2,2 million |
| 2013 | 3,4 million |
| 2014 | 4,4 million |
| 2015 | 2,6 million |
| 2016 | 1,7 million |
| 2017 | 3,5 million |
| 2018 | 4,9 million |
| 2019 | 5,5 million |
| 2020 | 2,9 million |
| 2021 | 5,9 million |
2013-yil 29-aprelda Suriyada nomaʼlum kuchlar tomonidan Sharm ash-Shayxdan Qozonga uchayotgan Nordwind Airlines samolyotiga qarshi ikkita yer-havo tipidagi raketa uchirildi. Uchuvchilar xavfdan qochish uchun manyovr amalga oshirdi va samolyot hech qanday shikastlanmasdan Qozonga parvozni davom ettirdi.
2017-yilda aviakompaniya ikkita foydalanilgan Airbus A330 samolyotini sotib oldi.
The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Nordwind Venesueladan Ugandaning Entebbe aeroporti yaqinidagi qayta ishlash zavodiga bozor qiymati 300 million dollardan ortiq boʻlgan taxminan 7,4 tonna oltin tashigan. 2019-yilning mart oyida amalga oshirilgan ushbu yuk tashishlar AQSh hukumati gumon qilganidek, prezident Nicolás Maduroning Venesuelada hokimiyatda qolishiga yordam bergan global yashirin iqtisodiyotni fosh etadi (Maduro 2026-yil boshida hokimiyatdan chetlatilgan).
Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan, Nordwind barcha xalqaro parvozlarni toʻxtatdi. Bosqin boshlangan vaqtda xorijda boʻlgan, lizing asosida olingan bir qator havo kemalari lizing beruvchilarga qaytarildi. Avvalroq AQShda ishlab chiqarilgan samolyotlarga nisbatan sanksiyalar joriy etgan AQSh Savdo vazirligi 2022-yil avgust oyida bu cheklovlarni Nordwind aviaparki tarkibidagi Yevropada ishlab chiqarilgan Airbus samolyotlariga ham kengaytirdi[manba kerak]. Sanksiyalar, shuningdek, Nordwind kompaniyasining oʻz samolyotlari uchun ehtiyot qismlar olishini ham taqiqladi.
Parvoz yoʻnalishlari




2021-yilda Nordwind 28 mamlakatdagi 98 ta yoʻnalishga, jumladan, Yevropaning 9 mamlakati va 23 shahriga, Yaqin Sharq va Afrikaning 8 mamlakati va 12 shahriga, Janubiy Amerikaning 4 mamlakati va 4 shahriga hamda Osiyoning 6 mamlakati va 14 shahriga parvozlarni amalga oshiradi.
| Mamlakat | Shahar | Aeroport | Eslatmalar | Manbalar |
|---|---|---|---|---|
| Albaniya | Tirana | Tirana xalqaro aeroporti Nënë Tereza | Toʻxtatilgan | |
| Armaniston | Yerevan | Zvartnots xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Belarus | Minsk | Minsk milliy aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Birlashgan Arab Amirliklari | Dubay | Al-Maktum xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Sharja | Sharja xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Dominikana Respublikasi | Puerto Plata | Gregorio Luperón xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Punta Cana | Punta Cana xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Santa Bárbara de Samaná | Samaná El Catey xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Santo-domingo | Las Américas xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Eron | Tehron | Imom Xumayniy nomidagi Tehron xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Germaniya | Berlin | Berlin Brandenburg aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Düsseldorf | Düsseldorf aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Hanover | Hannover aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Gretsiya | Afina | Afina xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Iraklion | Iraklion xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Saloniki | Saloniki aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Hindiston | Goa | Dabolim aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Iordaniya | Aqaba | Podshoh Husayn xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Ispaniya | Barselona | Barselona–El Prat aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Girona | Girona aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Palma | Palma de Mallorca aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Reus | Reus aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Kipr | Larnaka | Larnaka xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Kuba | Cayo Coco | Cayo Coco aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Olgin | Frank País aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Maldiv orollari | Male | Velana xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Meksika | Cancún | Cancún xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Misr | Hurgada | Hurgada xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Sharm ash-Shayx | Sharm ash-Shayx xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Ozarbayjon | Boku | Haydar Aliyev xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Lankaron | Lankaron aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Qirgʻiziston | Bishkek | Manas xalqaro aeroporti | ||
| Qozogʻiston | Olmaota | Olmaota xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Rossiya | Blagoveshchensk | Ignatyevo aeroporti | ||
| Cheboksari | Cheboksari xalqaro aeroporti | |||
| Chelyabinsk | Chelyabinsk aeroporti | |||
| Irkutsk | Irkutsk xalqaro aeroporti | |||
| Ivanovo | Ivanovo janubiy aeroporti | Mavsumiy | ||
| Kaliningrad | Xrabrovo aeroporti | Tayanch baza | ||
| Qozon | Qozon xalqaro aeroporti | Aviahab | ||
| Xabarovsk | Xabarovsk Noviy aeroporti | |||
| Kirov | Pobedilovo aeroporti | Mavsumiy | ||
| Krasnodar | Krasnodar xalqaro aeroporti | |||
| Krasnoyarsk | Krasnoyarsk xalqaro aeroporti | |||
| Magnitogorsk | Magnitogorsk xalqaro aeroporti | |||
| Mahachqalʼa | Mahachqalʼa aeroporti | Tayanch baza | ||
| Mineralnye vodi | Mineralnye Vodi aeroporti | |||
| Moskva | Sheremetyevo xalqaro aeroporti | Aviahab | ||
| Nijnekamsk | Begishevo aeroporti | |||
| Nijnevartovsk | Nijnevartovsk aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Novosibirsk | Tolmachevo aeroporti | |||
| Omsk | Omsk Markaziy aeroporti | |||
| Orenburg | Orenburg aeroporti | |||
| Perm | Perm xalqaro aeroporti | |||
| Rostov-Don | Platov xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Sankt-Peterburg | Pulkovo aeroporti | Tayanch baza | ||
| Samara | Kurumoch xalqaro aeroporti | |||
| Saransk | Saransk aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Saratov | Saratov Gagarin aeroporti | |||
| Sochi | Sochi xalqaro aeroporti | Tayanch baza | ||
| Surgut | Surgut xalqaro aeroporti | |||
| Siktivkar | Siktivkar aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Tyumen | Roshchino xalqaro aeroporti | |||
| Ufa | Ufa xalqaro aeroporti | Tayanch baza | ||
| Ulyanovsk | Ulyanovsk Baratayevka aeroporti | |||
| Volgograd | Volgograd xalqaro aeroporti | |||
| Yakutsk | Yakutsk aeroporti | |||
| Yekaterinburg | Koltsovo xalqaro aeroporti | |||
| Ukraina | Simferopol | Simferopol xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Saudiya Arabistoni | Jidda | Qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Serbiya | Belgrad | Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroport | Toʻxtatilgan | |
| Tailand | Bangkok | Suvarnabhumi | Toʻxtatilgan | |
| Krabi | Kabi xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Pattaya | U-Tapao xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Phuket | Phuket xalqaro aeroporti | Mavsumiy charter | ||
| Surat Thani | Surat Thani xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Tanzaniya | Zanjibar | Abeid Amani Karume xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Tojikiston | Boxtar | Boxtar xalqaro aeroporti | ||
| Dushanbe | Dushanbe xalqaro aeroporti | |||
| Koʻlob | Koʻlob aeroporti | |||
| Xoʻjand | Xoʻjand aeroporti | |||
| Tunis | Djerba | Djerba–Zarzis xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Monastir | Monastir Habib Bourguiba xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Turkiya | Antaliya | Antaliya aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Dalaman | Dalaman aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Izmir | Izmir Adnan Menderes aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Istanbul | Istanbul aeroporti | |||
| Venesuela | Porlamar | Santiago Mariño Caribbean xalqaro aeroporti | Mavsumiy | |
| Vyetnam | Nha Trang | Cam Ranh xalqaro aeroporti | Mavsumiy charter | |
| Yamayka | Montego Bay | Sangster xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Oʻzbekiston | Fargʻona | Fargʻona xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | |
| Namangan | Namangan xalqaro aeroporti | |||
| Qarshi | Qarshi xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Samarqand | Samarqand xalqaro aeroporti | |||
| Toshkent | Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti | |||
| Urganch | Urganch xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan | ||
| Shimoliy Koreya | Pxenyan | Pxenyan xalqaro aeroporti | ||
| Shimoliy Makedoniya | Skopye | Skopye xalqaro aeroporti | Toʻxtatilgan |
- Bahsli. Qarang Qrim anneksiyasi.
Kodshering shartnomalari
2025-yil mart oyida Belavia va Nordwind Airlines aviakompaniyalari Qozon va Pulkovo aeroportlari orqali bogʻlovchi reyslarni amalga oshirish boʻyicha kod-shering kelishuvini imzoladi.
Aviaparki
2025-yil avgust holatiga koʻra, Nordwind Airlines quyidagi havo kemalarini ekspluatatsiya qiladi:
| Samolyot turi | Miqdori | Buyurtma qilingani | Yoʻlovchi oʻrindiqlari soni | Eslatmalar | ||
|---|---|---|---|---|---|---|
| J | Y | Jami | ||||
| Airbus A321-200 | 5 | — | — | 220 | 220 | |
| Airbus A321neo | 2 | — | — | 218 | 218 | |
| Airbus A330-200 | 2 | — | — | 361 | 361 | |
| Airbus A330-300 | 3 | — | 34 | 259 | 293 | |
| Boeing 737-800 | 11 | — | 12 | 156 | 168 | VP-BSA bort raqamli samolyot Irlandiyaga qaytarilgan. VP-BDU bort raqamli samolyot lessorga qaytarilgan. |
| — | 189 | 189 | ||||
| Boeing 777-200ER | 2 | — | — | 440 | 440 | |
| Boeing 777-300ER | 2 | — | 6 | 480 | 486 | VP-BJP bort raqamli samolyot AQShga qaytarilgan va yuk samolyotiga aylantirilgan. |
| — | 486 | 486 | ||||
| Irkut MC-21-300 | — | 5 | Eʼlon qilinadi | |||
| Jami | 27 | 5 | ||||
2022-yilda Air Lease Corporation ikkita A321neo va toʻrtta Boeing 737-800 samolyotini qaytarib olishga harakat qildi, chunki lizing toʻlovlari amalga oshirilmayotgan edi[manba kerak].
Avvalroq aviakompaniya parki tarkibida quyidagi samolyotlar mavjud boʻlgan:
- Airbus A320-200
- Boeing 757-200
- Boeing 767-300ER
- Rossiya savdo belgilari
- Moskvada joylashgan kompaniyalar
- Rossiya charter aviakompaniyalari