| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Pavlodar viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Irtish |
| Asos solingan sanasi | 1938-yil |
| Akim | Shugayev Janat Rashitovich |
| Rasmiy tillar | qozoq |
| Aholi (2012) | 19 459 |
| Zichligi | 1,9 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar - 58,2% Ruslar - 24,37% Ukrainlar - 7,85% Olmonlar - 4,36% Beloruslar - 1,19% Tatarlar - 1,01% |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar |
| Maydoni | 10,2 ming km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 71832 |
| Pochta indeksi | 140500-140517 |
| Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 53°15′36″N 74°39′36″E / 53.26000°N 74.66000°E | |
Irtish tumani — Pavlodar viloyatining shimoli-gʻarbiy tarafida, Irtish daryosining soʻng yoqasida joylashgan. Irtish Tumani 1928-yili tashkil etilgan. Tuman hududi 10,2 ming km², aholisi 19,459 kishi (2012). Tuman markazi — Irtish qishlogʻi
Geografiyasi
Tuman shimoliy tarafida Rossiyaning Omsk viloyati bilan, sharqida viloyatning Jelezin, Qashir tumanlari bilan, janubida Aqtoʻgʻay tumani bilan, gʻarbida Akmola viloyati bilan chegaradosh.
Iqlimi
Tuman iqlimi keskin kontinental. Bahor va kuz oylari oʻzgaruvchan, issiqdan sovuqqa almashib turuvchi harorati qisqadir. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18 °C-ga, iyulning — +20 °C-ga teng. Yogʻingarchilikning aksar qismi yoz oyiga toʻgʻri keladi. Yogʻingarchilikning yillik miqdori — 250—300 mm. Yil davomida boʻronlar ham boʻlib turadi.
Aholisi
Tuman aholisi 2012-yili 19,459 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 2012-yili 1 km² 1,9 kishidan toʻgʻri keldi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)
- qozoqlar — 11 326 kishi (58,2 %)
- ruslar — 4 742 kishi (24,37 %)
- ukrainlar — 1 528 kishi (7,85 %)
- olmonlar — 849 kishi (4,36 %)
- tatarlar — 197 kishi (1,01 %)
- beloruslar — 232 kishi (1,19 %)
- boshqalar — 585 kishi (3 %)
- Umumiy — 19 459 kishi (100,00 %)
Hududiy boʻlinishi
Tuman tarkibida 18 ta qishloq mavjud:
- Irtish
- Abay
- Agʻashoʻrin
- Amangeldi
- Qoʻsagʻash
- Qoʻskoʻl
- Qiziljar
- Lenin
- Shimoliy
- Seleti
- Toʻqti
- Uzunsuv
Ijtimoiy soha
Taʼlim
2012-yilgi oʻquv yilining boshida 4140 oʻquvchisi bor 31 ta davlat kundizgi umumiy bilim beruvchi maktablari, 269 nafar oʻquvchisi bor 1 kasbiy-texnik maktab faoliyat yuritmoqda.
Tibbiyot
Davolash mahkamalar soni — 35, shulardan kasalxona, poliklinika, silga qarshi kasalxonalar faoliyat yuritmoqda.
Madaniyat
Klublar soni-22, kutubxonalar soni-19, muzey-1. Ikkita tuman nashrlari mavhud, shularning bittasi davlat tilidagi „Ertis nuri“, ikkinchisi — rus tilidagi „Irtish“.
- Qozogʻiston tumanlari
