Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hakim Jalilov – sovet davlat va iqtisodiyot arbobi. Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining IV, V, IX, X chaqi

Hakim Jalilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Hakim va familiyasi Jalilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Hakim Jalilov
Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti IV, V, IX, X chaqiriqlar deputati
Mansab davri
1955  1985-yillar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1916-yil
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni — 1981

Hakim Jalilov – sovet davlat va iqtisodiyot arbobi. Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining IV, V, IX, X chaqiriqlari deputati.

Tarjimayi holi

1916-yilda tavallud topgan. 1946-yildan KPSS aʼzosi. Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan. 1935-yildan boshlab iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol. 1935—1985-yillarda zavod shogirdlik maktabida usta. Tuman mexanigi, temir yoʻl xoʻjaligi boshligʻi, Farhod GESida temir yoʻl qurilishi boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. Fargʻona viloyat partiya qoʻmitasi kotibi. Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi (1957—1961), Guliston tuman kommunistik partiyasi qoʻmitasi birinchi kotibi. Transport, mexanizatsiya va energetika boshqarmalari boshligʻi, „Glavsredazirsovxozstroy“ bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari. Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining IV, V, IX, X chaqiriqlari deputati.

Adabiyotlar

  • Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Desyatiy soziv. (Kratkie biogaficheskie svedeniya). – T.: Oʻzbekiston, 1981. – S. 128.
Yuqori