| Maulen Ashimbaev | |
|---|---|
qozoqcha: Мәулен Сағатханұлы Әшімбаев | |
![]() | |
| Mansab davri 2020-yil 4-may | |
| Prezident | Qasim-Jomart Toqayev |
| Oʻtmishdoshi | Darigʻa Nazarboyeva |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1971-yil 28-yanvar Olma-Ota, Qozoq SSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | Amanat partiyasi |
| Taʼlim | Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Jons Xopkins universiteti, Tufts universiteti |
| Ilmiy unvoni | Siyosat fanlari nomzodi (2001) |
| Mukofotlari | Baris ordeni |
Maulen Sagʻatxanuli Ashimbaev (qozoqcha: Мәулен Сағатханұлы Әшімбаев, Mäulen Sağathanūly Äşımbaev; 1971-yil 28-yanvar, Olmaota) — iqtisodchi, jamoat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisining V chaqirigʻining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi boʻlgan, "Nur Otan" partiyasi raisining birinchi oʻrinbosari (2018-2019).
Biografiyasi
Katta juzning alban qabilasidan chiqqan.
Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining iqtisod va sotsiologiya fakultetin tamomlagan (1993), iqtisodchi, siyosiy iqtisod oʻqituvchisi. Siyosiy fanlarining. "Hurmat" ordeni bilan taqdirlangan.
Xizmat yoʻli
Universitetni tamomlagandan soʻng 1993-1994-yillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari vazirligi tizimida ishladi.
1994-1995-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatining yordamchisi.
1995-yilgi iyun-noyabr oraligʻida — Xavfsizlik Kengashi xodimlarining maslahatchisi boʻlgan.
1995-1999-yillar oraligʻida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Hokimligining Tahlil va strategik tadqiqotlar markazinig bosh eksperti, sektor mudiri, shu markaz yetakchisining birinchi o‘rinbosari.
1999-2000-yillari — Xavfsizlik kengashi tadqiqot markazining rahbari.
2000-2002-yillari — Xavfsizlik kengashi tahlil markazining rahbari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.
2002-2005-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.
2005-2006-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.
2006-2011-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.
2012-yilgi fevralidan boshlab V chaqiriqda saylangan Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisining deputati, Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib saylangan. "Nur Otan" Xalq demokratik partiyasi aʼzosi, partiya roʻyxati boʻyicha saylangan.
2018-yil 1-fevraldan boshlab — „Nur Otan“ partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari.
„Hurmat“ ordeni bilan taqdirlangan. 2003-yili Jon Xopkins universitetining Xalqaro tadqiqotlar maktabida (AQSh) ilmiy stajirovkadan oʻtti.
Ingliz tilini yaxshi biladi.
Oilali, uch farzandi bor.
- Yashayotgan insonlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- 28-yanvarda tugʻilganlar
- Qozogʻiston siyosatchilari
- Qozoq milliy universiteti bitiruvchilari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar

