Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ziyo Niyozov (1903-yil, Toshkent, Rossiya imperiyasi – 1975-yil oktyabr) – sovet partiya va xoʻjalik arbobi. Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasining birinchi bos

Ziyo Niyozov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ziyo Niyozov
 1-Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1938-yil mart – 1938-yil sentyabr
Hukumat boshligʻi Sulton Segizboyev
Abdujabbor Abdurahmonov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1903-yil
Toshkent, Turkiston, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1975-yil oktyabr (72 yosh)
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya imperiyasi Rossiya imperiyasi → SSSR bayrogʻi SSSR
Siyosiy partiyasi SIKP

Ziyo Niyozov (1903-yil, Toshkent, Rossiya imperiyasi – 1975-yil oktyabr) – sovet partiya va xoʻjalik arbobi. Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasining birinchi boshligʻi.

Biografiya

Ziyo Niyozov 1903-yilda Toshkentda mardikor oilasida tavallud topgan.

1918-yilda rus maktabda uchinchi sinfgacha oʻqigan va 1921-yilda yangi uslubdagi „Turon“ oʻzbek maktabini tugatgan.

Faoliyati

Ziyo Niyozov 1921-yil iyundan 1926-yil noyabrgacha otasining hunarmandchilik ustaxonasida bolgʻachi, 1926-yil dekabrdan esa ishsizlar jamoasida bolgʻachi boʻlib ishlagan.

1928-yil fevral oyida „Glavxlopka“ bosh boshqarmasi mexanik ustaxonalarida temirchi boʻlib ishlagan. 1931-yil sentabrdan „Tashselmash“ zavodida usta, temirchilik sexi boshligʻining yordamchisi, 1933-yil dekabrdan shu zavodda temirchi boʻlib faoliyat olib borgan.

Partiyasi

Niyozov 1930-yil iyul oyida SIKP(b) aʼzoligiga nomzod, 1931-yil apreldan esa partiya aʼzosi boʻldi.

1935-yil oktabrda „Tashselmash“ partiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari hamda 1937-yil sentabrdan esa uning kotibi lavozimida ishladi.

Ziyo 1938-yil mart oyida Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Markaziy Ijroiya tashkiliy qoʻmitasining raisi etib tayinlandi. U bu lavozimda sentyabrgacha ishladi, shundan soʻng Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining 3-kotibi etib tayinlandi. Ziyo bu lavozimda 1939-yil fevralgacha qoldi.

Niyozov 1939-yil sentabrdan 1941-yil dekabrgacha Moskvadagi Butunittifoq sanoat akademiyasining tayyorlov boʻlimida tahsil oldi.

1941-yil dekabrdan 1942-yil oktyabrgacha va 1943-yil maydan 1944-yil aprelgacha Toshkent shahar Kuybishev tuman ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari boʻlib ishladi.

Ziyo Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 1 va 2-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Soʻnggi yillari

Niyozov nogironligi sababli 1944-yil apreldan 1947-yil sentyabrgacha ish faoliyatini olib borolmadi. 1947-yil sentyabrda Toshkentdagi sanoat zavodiga direktor etib tayinlanadi. 1949-yil dekabr oyida „Tashselmash“ga qaytib keldi va u yerda temirchilik sexiga brigadir boʻldi.

1958-yil may oyida nafaqaga chiqdi va Toshkentda yashadi.

Niyozov 1975-yil oktyabr oyida vafot etgan.

Yuqori