Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ismoiljon Mahamadjanovich Malikov (1973-yil 19-yanvar, Qirgʻiziston) — sovet va qirgʻizfutbolchisi, maydonning barcha pozitsiyalarida oʻyin boradi. 1999-yilgi Q

Ismoiljon Malikov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ismoiljon Malikov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ismoiljon Muhammadjonovich Malikov
Tavallud sanasi 1973-yil 19-yanvar (1973-01-19) (53 yosh)
Tavallud joyi Qirgʻiziston
Ampluasi Hujumchi, himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991 Navroʻz (Andijon) 47 (8)
1992 Spartak (Tokmak) 5 (0)
1992—1995 Navroʻz (Andijon) 86 (10)
1995 Dinamo (Oʻsh) 5 (1)
1997 Navroʻz (Andijon) 4 (0)
1999 Jashtik Ak-Altin 18 (16)
2000 Dinamo-Alay (Oʻsh) 19 (10)
2002—2009 Jashtik Ak-Altin ? (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ismoiljon Mahamadjanovich Malikov (1973-yil 19-yanvar, Qirgʻiziston) — sovet va qirgʻizfutbolchisi, maydonning barcha pozitsiyalarida oʻyin boradi. 1999-yilgi Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.

Biografiya

Ilmoiljon Malikov 1973-yilning 19-yanvar sanasida Qirgʻizistonda tavallud topgan.

Sport faoliyati

Ismoiljon Malikov SSSR chempionatining so‘nggi mavsumida Andijonning „Navro‘z“ klubi uchun ikkinchi liga bahslarida o‘ynay boshlaydi. SSSR parchalanib ketganidan keyin ham bir necha yil davomida „Navroʻz“ klubi safida Oʻzbekiston chempionatidagi oʻyinlarini davom ettiradi. 1992—1997-yillarda oliy ligada umumiy hisobda 90 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Keyinchalik qisqa fursat ichida Qirgʻiziston chempionatida ishtirok etuvchi klublar safiga oʻtadi — 1992-yilda „Spartak“ (Toʻqmoq), 1995- yilda esa „Dinamo“ klubi bilan (Oʻsh) oʻyinlarda maydonga tushadi.

1990-yillar oxiriga kelib Malikov Qirgʻizistonga qaytib keladi. 1999-yilda „Jashtik-Ak-Altin“ (Yoshlik-Oq-Oltin) jamoasi tarkibida o‘ynaydi va jami 16 ta gol bilan Qirg‘iziston chempionatining eng yaxshi to‘purari deb topiladi. Ushbu oʻyinlarda Malikov jamoasi bilan birgalikda chempionatning bronza medallarini qo‘lga kiritadi. Keyingi yili futbolchi „Dinamo-Oloy“ (O‘sh) jamoasida o‘yinlarini davom ettiradi va Qirg‘iziston kubogi finaligacha yetib borgan holda va umumiy 10 ta gol bilan klubning eng yaxshi to‘purar futbolchisi deb topiladi.

2002-yildan 2010-yilga qadar Malikov „Jashtyk-Ak-Altyn“ tarkibida toki jamoa tarqab ketmagunga qadar oʻyin olib boradi.

Yutuqlari

  • Qirgʻiziston Premyer-ligasi chempioni: 2003
  • Qirgʻiziston Premyer-ligasi kumush medal sohibi: 2002
  • Qirgʻiziston Premyer-ligasi bronza medal sohibi: (5) 2004, 2005, 2006, 2007, 2009
  • Qirg‘iziston kubogi finalchisi: (6) 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2008
Yuqori