| Bahrom Yoqubov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1-aprel 1961-yil Toshkent |
| Vafoti | 11-mart 2021-yil (59 yoshda) Toshkent |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti |
| Kasbi | rejissor |
| Faoliyat yillari | 1989—2021 |
| Millati | oʻzbek |
Bahrom Yoqubov (1961-yil 1-aprel — 2021-yil 11-mart, Toshkent) — oʻzbek kinorejissori, postanovkachi rejissor va senariy muallifi. „Oʻzbekfilm“ va „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyalarida rejissor yordamchisi vazifasida ishlagan.
Ijodi
Ijodiy faoliyatini 1989-yil „Yosh yozuvchining kundaligi“ nomli qisqa metrajli filmni suratga olishdan boshlagan. Faoliyati davomida „Romeo va Julyetta“, „Sarvinoz“ (2004), „Sarvinoz-2 — baxt uchun million“, „Fotima va Zuhra“ (2005), „Sugʻdiyona“ (2006), „Super kelinchak“ (2008), „Tashlandiq“, „Ichkuyov“ (2009), „Majruh“ (2010), „Yondiradi — kuydiradi“ (2011), „O Maryam, Maryam“ filmlarini suratga olgan.
Filmografiyasi
| Yil | Film nomi | Ampluasi | Bosh rol ijrochisi |
|---|---|---|---|
| 1989 | Yosh yozuvchining kundaligi (qisqa metrajli film) | Rejissor | |
| 2004 | Sarvinoz | Rejissor, senariynavis | Shahzoda, Ulugʻbek Qodirov |
| 2004 | Romeo va Julietta yoxud laʼnatlangan sevgi | Rejissor, senariynavis | Shohruhxon, Zarina Nizomiddinova, Adiz Rajabov, Ubaydulla Omon, Indi |
| 2005 | Sarvinoz-2: baxt uchun million | Rejissor, senariynavis | Sevinch Moʻminova, Ulug‘bek Qodirov |
| 2005 | Fotima va Zuhra | Rejissor, senariynavis | Shahzoda, Gulchehra Eshonqulova, Ulug‘bek Qodirov |
| 2006 | Sug‘diyona | Rejissor, senariynavis | Sogdiana, Farruh Soipov |
| 2007 | Zumrad va Qimmat | Rejissor, senariynavis | Shahzoda, Dilnoza Kubayeva |
| 2008 | Tashlandiq | Rejissor, senariynavis | Shahriyor |
| 2008 | Super kelinchak | Rejissor, senariynavis | Diana Yagofarova, Adiz Rajabov |
| 2009 | Ichkuyov | Rejissor, senariynavis | Diana Yagofarova, Adiz Rajabov |
| 2009 | Zirapcha | Rejissor | Diana Yagofarova, Samandar Yagofarov |
| 2010 | Majruh | Rejissor, senariynavis | Ulug‘bek Qodirov, Shahzoda |
| 2011 | Jodugar | Rejissor, senariynavis | Ulug‘bek Qodirov, Lola Yo‘ldosheva |
| 2011 | Yondiradi — kuydiradi | Rejissor, senariynavis | Lola Yo‘ldosheva, Ulug‘bek Qodirov |
| 2012 | O Maryam, Maryam | Rejissor | Shahzoda, Ulug‘bek Qodirov |
| 2012 | Men yulduzman | Rejissor | Ulug‘bek Qodirov, Zarina Nizomiddinova |
| 2013 | Fotima | Rejissor | Zarina Nizomiddinova, Umid Iskandarov, Tohir Saidov |
| 2014 | Tungi mehmon | Rejissor | Matyoqub Matchonov, Sharof Muqimov, Saida Saidbekova, Sanjar Shodiyev |
| 2015 | Qochqin | Rejissor, senariynavis | Alisher Usmonov, Behzod Muhammadkarimov, Shahzoda Muhammedova, Bobur Yo‘ldoshev, Mirza Azizov |
| 2016 | Boyvachcha kuyov | Rejissor, senariynavis | Alisher Usmonov, Yulduz Rajabova, Zarina Nizomiddinova, Asqar Hikmatov, Saida Rametova |
| 2017 | Majruh 2 yoxud Mister Amerika | Rejissor, senariynavis | Alisher Usmonov, Sevara Soliyeva, Bahodir Murodov, Mirza Azizov |
| 2020 | Oʻzbekcha ajrashish | Rejissor |
Nizoli vaziyat
2008-yil Bahrom Yoqubov va uning rejissorligidagi „Super kelinchak“ filmida bosh rollardan birini ijro etgan Diana Yagofarovaning jinsiy aloqa qilgan videosi internetda tarqaldi. Ushbu video jamoatchilikning keskin muhokamalariga sabab boʻldi, hatto rejissor aktrisaga videoni koʻrsatib „Super kelinchak“ filmida gonorarsiz suratga tushishga majburlagan, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu voqeadan keyin Diana Yagofarova sanʼatdan ketdi va oʻn yilga yaqin hech kimga intervyu bermadi. Bahrom Yoqubov esa bu videoni uyushtirilgan montaj deb atadi.
- 1-aprelda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- 11-martda vafot etganlar
- 2021-yilda vafot etganlar
- Oʻzbekistonlik rejissyorlar
- Alifbo boʻyicha rejissyorlar