| Kellie Harrington | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Tavallud paytidagi ismi | Kellie Anna Harrington |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1989-yil 11-dekabr |
| Sport | |
| Qaysi sport | boks |
Kellie Anna Harrington (tugʻ. 1989-yil 11-dekabr) – irlandiyalik bokschi, 60 kg gacha, 64 kg gacha va 69 kg dan yuqori vazn toifalarida, Irlandiya milliy terma jamoasi aʼzosi. Jahon chempioni (2018), 2019-yilgi Yevropa oʻyinlari va 2018-yilgi Yevropa chempionati sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Olimpiya chempioni.
Faoliyati
Kellie Harrington 69 kg gacha (2010), 64 kg gacha (2011, 2013, 2014, 2015), 60 kgdan (2017, 2018) yuqori vazn toifalarida mamlakat chempionatining yetti karra gʻolibi.
2016-yilda Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u Xitoylik sportchiga imkoniyatni boy berib, finalgacha yetib borgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda Sofiyada (Bolgariya) Yevropa chempionatida, u chempionatning bronza medalini qoʻlga kiritib, sovrindor boʻlishga muvaffaq boʻlgan.
2018-yilda Hindistonda ayollarning boks boʻyicha oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida irlandiyalik sportchi finalda Tailandlik Sisondi Sudaporn bilan uchrashgan va uni 3:2 hisobida magʻlub etdi va Jahon chempionatidagi oʻyinini yakunlab, turnirning oltin medalini qoʻlga kiritgan.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 60 kg gacha vazn toifasida u finalda braziliyalik bokschi Beatris Ferreyra magʻlub etgan va shu tariqa Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan.
- 11-dekabrda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar
- Ayol bokschilar
- Irlandiya sportchilari
