Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Narimon Majitovich Umarov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (2020-yildan), Oʻzbekiston Adolat sotsial-demo

Narimon Umarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Narimon Umarov
Adolat partiyasi raisi
Mansab davri
2013-yildan  2020-yilgacha
Oʻtmishdoshi Dilorom Toshmuhamedova
Vorisi Bahrom Abduhalimov
Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2009-yil  2013-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Boriy Alixanov
Vorisi Baxtiyor Abdusamatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1952-yil 10-mart (1952-03-10) (74 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Narimon Majitovich Umarov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (2020-yildan), Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi (2015-2020), partiyadan prezidentlikka nomzod boʻlgan.

Hayoti

1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

1974-yilda „Gidroenergeo“ ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlab, ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

1997-2009 — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi boshligʻi.

2009-2013 — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, „Ekosan“ ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamgʻarmasining boshqaruvi raisi.

2013-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston „Adolat“ SDP Siyosiy Kengashi raisi.

2014-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

2015-yildan 2020-yilgacha Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston „Adolat“ SDP fraksiyasi rahbari.

2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari qoʻmitasi raisi

Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Mukofotlari

2020-yil 26-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

2024-yil 24-avgustda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

Yuqori