| Britaniya Kameruni inglizcha: British Cameroons Buyuk Britaniya mandati | |||||||||
| |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
| Madhiya God Save the King (1916–1952) God Save the Queen (1952–1961) | |||||||||
![]() | |||||||||
| Poytaxti | Buea | ||||||||
| Til(lar)i | Ingliz tili (rasmiy) Duala, oroko, grassfilds, fula, kanuri keng tarqalgan | ||||||||
| Dini | Xristianlik (janubiy hudud) Islom (shimoliy hudud) | ||||||||
| Pul birligi | Britaniya Gʻarbiy Afrikasi funti | ||||||||
| Tarixiy era | Birinchi jahon urushi | ||||||||
| Maydoni | 89,526 km² | ||||||||
| Komissar | |||||||||
| - 1916–1917 | Kennet Elfinstoun | ||||||||
| - 1956–1961 | Jon Osbaldiston | ||||||||
| Tarix | |||||||||
| - 1916-yil 20-iyul | Kamerunning boʻlinishi | ||||||||
| - 1961-yil 1-oktyabr | Nigeriya va Kamerunga integratsiya | ||||||||
Britaniya Kameruni (inglizcha: British Cameroons) — Gʻarbiy Afrikadagi Britaniya mandati, hozir Nigeriya va Kamerun oʻrtasida boʻlingan.
Tarixi
Zamonaviy Kamerun hududi “Afrika uchun kurash” davrida Germaniya protektorati deb e’lon qilingan. Birinchi jahon urushi chog‘ida ingliz, fransuz va belgiya qo‘shinlari tomonidan bosib olindi va 1922-yilda Millatlar ligasi qaroriga muvofiq Buyuk Britaniya hamda Fransiya mandati ostiga o‘tkazildi. Britaniya qismi Nigeriya va Kamerun chegaralari tutashgan joy bilan ajratilgan, bir-biriga tutashmagan ikki hududdan iborat edi.
Fransuz Kameruni 1960-yil yanvar oyida mustaqillikka erishdi va Nigeriya oʻsha yili biroz keyinroq mustaqillikka erishdi. Britaniya hududi taqdiri masalasi ko‘tarildi va bir necha muhokamalar hamda 1961-yil fevralida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng qaror qabul qilindi. Asosan musulmonlardan iborat shimoliy qismi Nigeriyaga, janubiy qismi esa Kamerunga qo‘shib berildi.
Adabiyotlar
- Engelbert Mveng: Histoire du Cameroun. Présence africaine, Paris 1963
- Victor Julius Ngoh: Cameroun 1884—1985. Cent ans d’histoire. CEPER, Yaoundé 1990
- Mark D. DeLancey, Rebecca Neh Mbuh (Hrsg.): Historical Dictionary of Cameroon (= African Historical Dictionaries. Band 113). 4. Auflage. Scarecrow Press, Lanham 2010, ISBN 978-0-8108-5824-4
- 1916-yilda paydo boʻlganlar
- 1961-yilda yoʻq boʻlganlar
- Britaniya imperiyasi
