- Vikipediyada ismi Islom va familiyasi Ismoilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Islombek Murodbek oʻgʻli Ismoilov | ||
| Tavallud sanasi | 1992-yil 19-iyul | ||
| Tavallud joyi | Margʻilon, Oʻzbekiston | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi | ||
| Raqami | Bosh murabbiy | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Yillar | Jamoa | ||
| —2011 | Paxtakor | ||
| Boshqargan klublari | |||
| Yillar | Jamoalar | ||
| 2015—2018 | Yozyovon | ||
| 2018 | Iftixor | ||
| 2018—2019 | Farovon BFK | ||
| 2019—2021 | Turon | ||
| 2021 | Turon U21 | ||
| 2022 | Oʻzbekiston U-14 | ||
| 2023 | Oʻzbekiston U-15 | ||
| 2024 | Oʻzbekiston U-16 | ||
| 2025 | Oʻzbekiston U-17 | ||
| 2025 | Neftchi U21 | ||
| 2025— | Neftchi | ||
Islombek Murodbek oʻgʻli Ismoilov (1992-yil 19-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi. „Neftchi“ futbol klubi bosh murabbiyi.
Biografiyasi
Islombek 1992-yil 19-iyulda Margʻilonda tugʻilgan. Yoshlik davrida Paxtakor futbol maktabida taʼlim olgan.
Murabbiylik faoliyati
Professional murabbiylik faoliyatini 2015-yilda Fargʻona viloyatining „Yozyovon“ klubida boshlagan. Uch mavsum davomida Yozyovon Lochinlari jamoari klubiga bosh murabbiylik qilgan. 2018-yilgi mavsumda Oltiariqning „Iftixor“ klubi va Margʻilonning „Farovon“ bolalar futbol jamoasida bosh murabbiylik qilgan.
2019-yilda Yaypanning „Turon“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning qoʻl ostida Turon jamoasi 2019-yilda Oʻzbekiston B-Pro ligasi gʻolibligini, 2020-yilda Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilda Turon jamoasining Oʻzbekiston Superligasidagi qoniqarsiz natijalaridan soʻng bosh murabbiylikdan ozod etilgan va U21 jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. 2021-yil noyabr oyida U21 jamoasidan ham isteʼfoga chiqarilgan.
2022-yilda 14 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan. 2023 va 2024-yillar Oʻzbekiston U-15, U-16 terma jamoalariga ustozlik qilgan. 2024-yildan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi. 2025-yil 26-iyunda „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasining ustozi etib tayinlangan. 1-dekabr kuni „Neftchi“ klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Shaxsiy hayoti
Islombekning otasi Murod Ismoilov sobiq futbolchi va futbol murabbiyidir. Ukasi Muzaffar Muzaffarov ham futbolchi boʻlib, Bangladesh chempionatida oʻynaydi.
Yutuqlari
Murabbiy sifatida
Turon
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2020
- Oʻzbekiston B-Pro ligasi gʻolibi: 2019
Oʻzbekiston U17
- AFC U-17 Osiyo kubogi gʻolibi: 2025
Neftchi
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026
Mukofotlari
2025-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi“ unvonini olgan
- 19-iyulda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Margʻilonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Yozyovon klubi murabbiylari
- Iftixor klubi murabbiylari
- Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari
- Neftchi futbol klubi murabbiylari
- Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari
- Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari
