Zilola mahallasi | |
|---|---|
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Shahar | Toshkent |
| tuman | Bektemir |
| Aholisi (2009) | 3 175 |
| Avtomobil kodi | 01 |
Zilola mahallasi – Toshkent shahar Bektemir tumanidagi mahalla. Mirishkor, Rohat, Majnuntol, Iykota, Iqbol, Chashma mahallalari bilan chegaradosh. 1991-yilda tashkil topgan. Mahalla hududi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli Suvmash zavodining ishchi va xizmatchilari iltimosiga binoan „Zilola“ deb atalgan.
Aholisi 3 175 kishi. Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, koreys, tatarlar ham yashaydi (2009). Mahalla hududida 2 ta koʻcha, 2 ta sport maydonchasi, novvoyxona, bolalar bogʻchasi, bozorcha joylashgan.
Turkum::
- Bektemir tumanidagi mahallalar