| Aleksandr Aleksandrovich Blok | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 28-noyabr 1880-yil Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti | 7-avgust 1921-yil (40 yoshda) Sankt-Peterburg, RSFSR |
| Kasbi | shoir, tarjimon, yozuvchi, publisist, dramaturg, adabiy tanqidchi |
| Ijod qilgan tillari | rus tili |
| Fuqaroligi | RSFSR |
| Taʼlimi | Sankt-Peterburg davlat universiteti |
| Yoʻnalish | simvolizm |
| Janr | elegiya, poema, epistol |
| Imzosi | |
| | |
Aleksandr Aleksandrovich Blok [1880. 16 (28). 11, Peterburg 1921. 7.8, Petrograd] – rus shoiri. Peterburg universitetini tamomlagan (1906). „Zolotoye runo“ jurnali (1907—08) va Jahon adabiyoti nashriyotida (1918-yildan) ishlagan, Butun Rossiya shoirlar uyushmasi Petrograd boʻlimini boshqargan (1920-yildan). Ilk toʻplami – „Goʻzal Bonu haqida sheʼrlar“ (1904) rafiqasi Lyubov Dmitriyevna (kimyogar D. Mendeleyevning qizi)ga bagʻishlangan. Dastlab Blok simvolist shoir sifatida tanilgan. 1905-yil inqilobiy oʻzgarishlar taʼsirida simvolizmdan voz kechib, ijtimoiy mavzuda „Shahar“ (1904—1908), „Vatan“ (1907—1916), „Dahshatli olam“ (1908—1916), „Qasos“ (1907—1913) turkum sheʼrlari va „Tomoshaxona“ (1906), „Atirgul vaxoch“ (1912—1913) kabi dramalar yozgan. Blok 1917-yilgi Oktyabr toʻntarishini shod-xurramlik bilan kutib olmagan boʻlsa-da, ammo u bolsheviklarning ashaddiy muxoliflari (I. A. Bunin, N. Gumilyov, Z. Gippius, A. Kuprin, M. Svetayeva kabi) safida ham boʻlmagan. Bolsheviklar hokimiyatni qoʻlga olgandan soʻng 5 oy davomida Blok „Oʻn ikki“ dostonini, „Ziyolilar va inqilob“ maqolasini yozib, Oktyabr voqealari va Rossiya taqdiri haqida ijodiy mushohada yuritishga harakat qildi. Har ikki asar ziyolilar oʻrtasida qizgʻin bahsga sabab boʻldi. Shu hodisa Blok ijodida chuqur inqiroz va turgʻunlikni yuzaga keltirdi. Blok 1918-yilning mart oyidan soʻng to umrining oxirigacha (1921) hech qanday yangi asar yozmaydi, faqat „Qasos“ poemasini nihoyasiga yetkazish bilan mashgʻul boʻladi.
„Oʻn ikki“ poemasi (A. Muxtor), koʻplab sheʼrlari (E. Vohidov, M. Ikrom, O. Muxtor va boshqalar) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- 28-noyabrda tugʻilganlar
- 1880-yilda tugʻilganlar
- Sankt-Peterburgda tugʻilganlar
- 7-avgustda vafot etganlar
- 1921-yilda vafot etganlar
- Sankt-Peterburgda vafot etganlar
- Sankt-Peterburg davlat universiteti bitiruvchilari
- Sankt-Peterburglik yozuvchilar
- Rossiya imperiyasi yozuvchilari
- Rossiya imperiyasi shoirlari
