| Marina Ivanovna Svetayeva | |
|---|---|
![]() 1925-yil (Pyotr Shumov fotosi, Parij) | |
| Tavalludi | 8-oktyabr 1892-yil Moskva, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti | 31-avgust 1941-yil (48 yoshda) Yelabuga, Tatariston ASSR, RSFSR, SSSR |
| Kasbi | shoira, prozaik, tarjimon, dramaturg |
| Ijod qilgan tillari | rus tili, fransuz tili, nemis tili |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Parij universiteti |
| Faoliyat yillari | 1908—1941-yillar |
| Janr | poeziya, poetik proza, memuar |
| Imzosi | |
![]() | |
Marina Ivanovna Svetayeva (1892.26.11, Moskva – 1941.31.8, Yelabuga, Tatariston) – rus shoirasi. Moskva universiteti professor Lozanna va Freyfurgdagi musika maktabi va katolik pansionda, Yaltadagi qizlar gimnaziyasida oʻqigan. Oktyabr toʻntarishini qabul qilmay, 1922-yilda Pragaga, 1925-yilda esa Parijga koʻchib borgan. Muhojirlikda muhtojlik va vatansizlik azobini boshidan kechirgan Svetayeva Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan SSSRga qaytib kelgan (1939). Ammo koʻp oʻtmay, ruhiy iztiroblar orqasida oʻz joniga qasd qilgan.
Dastlabki sheʼriy toʻplamlari – „Oqshom albomi“ (1910) va „Sehrli fonar“ (1912). 1916-yilga kelib, Svetayeva ijodining asosiy mavzui – muhabbat, Rossiya, sheʼriyat mavzui uzil-kesil shakllanadi. Svetayevaning 20-yillar avvaliga oid sheʼrlari oq gvardiyachilarning muhojirlikda nashr etilgan jurnallarida eʼlon qilinadi. Shu davrda uning „Blokka atalgan sheʼrlar“, „Hijron“ (1922), „Psixeya, Romantika“, „Hunar“ (1923) sheʼriy kitoblari va „Barakalla“ (1924) doston-ertagi nashr etilgan. Svetayevaning „Rossiyadan keyin. 1922—25“ soʻnggi toʻplami 1928-yil Parijda bosilgan.
Svetayeva sheʼriyati musiqiyligi, tovushning sheʼr musiqiy qurilmasidagi katta oʻrni va ahamiyati bilan ajraladi. Tashqi dunyo bilan murosa qila olmagan va shu dunyodagi hayotida roʻshnolik koʻrmagan shoiraning asarlari, jumladan, „Togʻlar dostoni“, „Intiho dostoni“ (1926), „Krisolov“ lirik satirasi (1925), hatto antik davr syujetlari asosida yozilgan „Tezey“ (1927) va „Fedra“ (1928) tragediyalari uzun hamda keskin monologlardan tarkib topgan. Svetayeva nasrda ham qalam tebratib, M. Voloshin, O. Mandelshtam, A. Beliy va boshqa haqida falsafiy oʻylar va xotiralardan iborat oʻziga xos adabiy portretlarni yaratgan.
- 8-oktyabrda tugʻilganlar
- 1892-yilda tugʻilganlar
- Moskvada tugʻilganlar
- 31-avgustda vafot etganlar
- 1941-yilda vafot etganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Parij universiteti bitiruvchilari
- Rossiya imperiyasi yozuvchilari
- Sovet shoirlari

