Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Asahi (yaponcha: 朝日町, Asahi-machi?) Yaponiyadagi Toyama prefekturasining Shimoniikava tumanida joylashgan shahardir. 2018-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharning

Asahi (Toyama)

Asahi

朝日町
Shaharcha
Skyline of Asahi
Asahi
Bayroq
Asahi
Gerb
36°56′46.2″N 137°33′35.8″E / 36.946167°N 137.559944°E / 36.946167; 137.559944
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Maydon 226.30 km2 (87.37 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (October 1, 2020)
11,093
Zichligi 49.02 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0765-83-1100
Pochta indeks(lar)i 939-0793
Asahi xaritada
Asahi
Asahi

Asahi (yaponcha: 朝日町, Asahi-machi?) Yaponiyadagi Toyama prefekturasining Shimoniikava tumanida joylashgan shahardir. 2018-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 11574 kishini, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 51,1 kishini tashkil qilgan. Uning umumiy maydoni 226,30 kvadrat kilometr (87,37 mi²) ni tashkil etadi. Shahar plyaj voleybolining vatani deb daʼvo qiliniadi.

Geografiyasi

Asahi Toyama prefekturasining shimoli-gʻarbiy qismida, Shimoliy Alp togʻlari va Yapon dengizi orasida joylashgan. Shirouma togʻi hududddagi eng baland nuqta boʻlib, uning balandligi 2932 metrni tashkil qiladi.

Iqlimi

Shaharda nam subtropik iqlim (Köppen Cfa) mavjud, u issiq yoz hamda sovuq qish bilan kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Asahida oʻrtacha yillik harorat 13,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2219 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng pasti esa yanvarda, 2,5 °C atrofida boʻladi.

Asahi (1991−2020 oʻrtachalar, ekstremallar 1978−hozirga qadar) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 18,7 23,6 28,6 30,3 33,3 33,4 37,2 37,2 38,0 34,3 26,4 24,1 38,0
Oʻrtacha maksimal, °C 6,4 7,1 11,1 16,5 21,7 24,8 29,1 30,8 26,8 21,3 15,5 9,6 18,4
Oʻrtacha harorat, °C 3,4 3,6 6,8 11,9 17,1 20,9 25,1 26,6 22,7 17,2 11,5 6,2 14,4
Oʻrtacha minimal, °C 0,7 0,5 2,9 7,7 13,2 17,7 22,1 23,1 19,3 13,6 7,9 3,1 11,0
Mutlaq minimal, °C −8,1 −6,5 −4 −1,3 5,0 10,8 15,2 14,8 10,9 4,5 0,1 −4,5 −8,1
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 279,1 184,7 194,3 167,6 155,0 188,4 253,4 214,5 242,4 228,0 309,2 350,0 2 748,7
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi

Atrofdagi munitsipalitetlar

  • Toyama prefekturasi
  • Niigata prefekturasi
    • Itoigava
  • Nagano prefekturasi
    • Hakuba

Demografiyasi

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Asahi aholi soni soʻnggi 50 yil ichida kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
197019,311    
198018,631−3.5%
199017,569−5.7%
200015,915−9.4%
201013,651−14.2%
202011,081−18.8%

Tarixi

Hozirgi Asahi hududi qadimgi Etchu provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Tomari Hokurikudo shossesida post stansiyasi sifatida rivojlangan. Hudud Meiji restavratsiyasidan soʻng Shimoniikava tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Zamonaviy Tomari shahri 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. U 1954-yil 1-avgustda Asaxi shahrini tashkil qilish uchun oltita atrofdagi qishloqlar bilan birlashtirilgan.

Iqtisodiyoti

Asahi qishloq xoʻjaligi va tijorat baliq ovlashga bogʻliq. Mashhur ekinlarga guruch, qushqoʻnmas va spagetti qovoqlari kabilar kiradi.

Taʼlim tizimi

Asahida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.

Transport

Temir yoʻl

  • Ainokaze Toyama temir yoʻl liniyasi
    • Tomari — Etchū-Miyazaki

Magistral yoʻl

Milliy yoʻnalish 8

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

  • Fudodo manzilgohi, Jomon davri turar joyi xarobalari va milliy tarixiy maskan
Yuqori