Marmara Üniversitesi | |
![]() | |
Ilgarigi nomi | Hamidiye Ticaret Mekteb-i Âlisi (1883-1959) Istanbul Economy and Commerce Academy (1959-1982) |
|---|---|
| Turi | davlat universiteti |
| Asos solingan sanasi | 1883 |
| Rahbari | Prof.Dr. Mehmet Emin Okur |
| Fakultetlar | 2,835 |
| Talabalari | 70,000 dan ortiq |
| Joylashuvi | Istanbul , Turkey |
| Veb-sayti | marmara.edu.tr |
Marmara universiteti (turkcha: Marmara Üniversitesi) — Turkiyadagi eng qadimiy va nufuzli davlat universitetlaridan biri. Marmara dengizi nomi bilan atalgan bu universitet 1982-yilda universitet sifatida tashkil etilgan. Biroq, undan avval uning tashkil etilishi 1883-yilga borib taqaladi, oʻshanda u Istanbul markazidagi uyda Hamidiye oliy tijorat maktabi (Hamidiye Ticaret Mekteb-i Âlisi) sifatida tashkil etilgan. Universitet Istanbulning har ikki Osiyo va Yevropa qismida joylashgan kampuslariga ega. Universitetda taʼlim besh tilda: turk, ingliz, nemis, fransuz va arab tillarida olib boriladi, bu esa uni Turkiyadagi yagona koʻp tilli universitetga aylantiradi. Universitet tarkibida 21 ta fakultet, 12 ta institut va 4 ta kasb-hunar maktabi mavjud boʻlib jami 70,000 dan ortiq talaba tahsil oladi.
Tarixi
Universitet 1883-yil 16-yanvarda Sulton Abdulhamid II davrida „Hamidiye Ticaret Mekteb-i Âlisi“ (Hamidiye oliy tijorat maktabi) nomi bilan Istanbulning Cağaloğlu tumanidagi bir hovlida faoliyatini boshlagan. 1887-yilda maktabni atigi 13 nafar talaba tamomlagan. 1924-yilda ushbu muassasa Turkiyada erkaklar va ayollar birga taʼlim oladigan birinchi oliy taʼlim maskaniga aylandi. 1982-yil 20-iyulda qabul qilingan yangi qonun bilan Akademiya va unga qarashli turli fakultetlar birlashtirilib, rasman Marmara universiteti deb tashkil etildi.
Kampuslari



- Goʻztepe asosiy kampusi — universitetning bosh va eng katta kampusi boʻlib, u yerda rektorat va koʻplab ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetlari joylashgan.
- Acıbadem kampusi — sanʼat va boshqa boʻlimlarni oʻz ichiga olgan hudud.
- Anadoluhisarı kampusi — sport fanlari va baʼzi boshqa boʻlimlar joylashgan tarixiy hudud.
- Bagʻlarbaşı kampusu — asosan teologiya fakulteti uchun moʻljallangan.
- Kartal kampusi — Asosan ikki yillik professional taʼlim dasturlari uchun xizmat qiladi.
- Mehmet Genç kampusi - sobiq Istanbul Şehir universiteti hududi boʻlib, hozirda Marmara universitetining yirik majmualaridan biriga aylangan.
- Recep Tayyip Erdoğan Maltepe kampusi — eng zamonaviy majmua boʻlib, bu yerda asosan tibbiyot yoʻnalishlari: Tibbiyot, Farmatsevtika, Stomatologiya va Sogʻliqni saqlash fanlari fakultetlari faoliyat yuritadi.
- Sultanahmet kampusi - universitetning tarixiy ramzi boʻlib, hozirda asosan maʼmuriy maqsadlarda va tarixiy ahamiyatga ega bino sifatida foydalaniladi.
- Pendik Marmara universiteti kasalxonasi - bu yerda Marmara universitetining Pendik oʻquv va tadqiqot shifoxonasi hamda ayrim tibbiy boʻlimlar joylashgan.
Fakultetlari
- Tibbiyot fakulteti
- Stomatologiya fakulteti
- Huquqshunoslik fakulteti
- Iqtisodiyot va boshqaruv fanlari fakulteti
- Otaturk pedagogika fakulteti
- Farmatsevtika fakulteti
- Sanʼat va fanlar fakulteti
- Tasviriy san’at fakulteti
- Ilohiyot fakulteti
- Kommunikatsiya fakulteti
- Muhandislik fakulteti
- Texnologiya fakulteti
- Tibbiy taʼlim fakulteti
Bitiruvchilari

- Recep Tayyip Erdoğan
- Kemal Sunal
- Ismet Yilmaz
- Betül Kaçar
- Nihat Ergün
- Nihat Zeybekci
- Kadir Topbaş
- Mustafa Şentop
- Burak Özçivit
- Muge Anli
- Barış Özcan (YouTuber)
- Yaşar
- Turkiyadagi universitetlar
