| Farhod Abdullayev | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1957-yil 1-oktyabr Yakkabogʻ tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Mukofotlari | |
Farhod Abdullayev (1957-yil 1-oktyabr, Yakkabogʻ tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti
Farhod Abdullayev 1957-yil 1-oktyabrda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tavallud topgan. Oilada 9 farzand (7 oʻgʻil va 2 qiz) boʻlishgan. Maktabni bitirib, Toshkentga keladi va oʻqishga kiradi. Shu yiliyoq Oʻzbek milliy akademik drama teatriga sahna ishchisi boʻlib ishlashni boshlaydi va keyinchalik suflyor, yordamchi rejissyor sifatida ham faoliyat olib boradi. U institutni tamomlamasdan turib rol oʻynashni boshlab yuboradi. Lekin teatr rahbariyati uni aktyor sifatida ishga olishni xohlashmaydi. Institutni tamomlagandan keyin Oʻzbek davlat drama teatriga ishga yuboriladi.
Bundan soʻng „Yosh gvardiya“ teatriga ishga kiradi. Bu paytda kinofilmlarda rol oʻynashni boshlaydi va teatrdagi ishiga kech kelishni boshlaydi. Bu rejissyor Bahodir Yoʻldoshevga yoqmaydi va Farhod Abdullayev u yerdan chiqib ketadi. Soʻng Xamza teatriga ishga kiradi.
U hozirda teatrda aktyor va rejissyor, telekanallarda boshlovchi boʻlib faoliyat yuritadi.
Oilasi
Turmush oʻrtogʻi bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlaydi. Ularning 3 ta farzandi va 8 nafar nabiralari bor.
Faoliyati
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| Kelinlar qoʻzgʻaloni | Kenja oʻgʻril | ||
| 2015 | Koʻngil |
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1984 | Olovli yoʻllar | Epizod | |
| 1992 | Makler | Koʻp bolali ota | |
| 1995 | Bomba | Rajab, kulgili mototsiklchi | |
| 1997 1998 | Koʻngil koʻchalari | ||
| 1998 | Bo Ba Bu | Italiya, Fransiya va Oʻzbekiston filmi | |
| Shaytanat | Murodilla (Xumkalla) | Serial | |
| 2002 | Cinedictum | Kitob oʻqiyotgan odam | |
| Dilxiroj | |||
| Oʻrtoq Boykenjayev | Boykenjayev | Bosh rol | |
| 2003 | Anastasiya Slutskaya | Belarus filmi | |
| Dard | Umarov, militsiya polkovnigi | ||
| 2004 | Meni yolgʻiz qoldirma | Epizod | |
| Sevinch | Mirzabek, Sevinchning otasi | ||
| Afandi va Azroil | Bektosh | Bosh rol | |
| 2005 | Erkak | ||
| Yarim baxt | |||
| Sardor 2 | Bosh rol | ||
| Taqdir charxpalagi | |||
| 2006 | Chashma | Ichkilikboz | |
| Shamol odami | |||
| 2007 | Notanish | Jamolning otasi | |
| 2009 | Gastarbayter | Karim | |
| Jannat qaydadir? | Tursun | ||
| Salamander izi | Militsiya mayori | ||
| Sogʻinch | |||
| 2010 | Uchar qiz | Bosh rol | |
| 2011 | Uchar otlar | Xon | |
| 2012 | Afgʻon | Fayzullo, oʻlgan askarning otasi | |
| Qovun | Militsiya mayori | ||
| Dunyo | |||
| Tubanlik | |||
| Robinzon Qoʻzi | |||
| Taqdirlar | |||
| Yarim baxt | |||
| 2013 | Vafodorim | Bosh rol | |
| Bekatdagi odam | |||
| 2014 | Zarb | Adham Gʻofurovich | |
| Katta hovli | |||
| 2015 | Kuzda gullagan daraxt | ||
| Barakasini bersin | |||
| Qanot | |||
| Payshanbadan payshanbagacha 2 | |||
| Novda | |||
| 2016 | Avtotest | Serial | |
| Dadam betob | |||
| Maʼsuma | |||
| Erkaklar fasli | |||
| 2017 | Muqaddas istak | ||
| Mama | |||
| 2018 | Berlin – Oqqoʻrgʻon | ||
| Hayot | |||
| 2019 | Elparvar | ||
| 2020 | Meni uylantirish | Serial | |
| Rais | |||
| Ketma onasi | |||
| Hamilion | |||
| Duel | |||
| Erka kelin | |||
| Snos mojarosi | |||
| Devona oshiqlar | |||
| 2021 | Ishtahadagi ishq | ||
| Orzular qanotida | |||
| Kuydurmajon | |||
| 2022 | Vatan ostonasi | ||
| Boshga tushganni koʻz koʻrar | |||
| 2023 | Abdulla Oripov | Bosh rol | |
| Osmondagi bolalar 3: Yerdagi otalar | |||
| Hokim buva | Kichik serial |
Mukofotlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
- „Eʼtirof 2016“ – Eng yaxshi kinoaktyori
- 1-oktyabrda tugʻilganlar
- 1957-yilda tugʻilganlar
- Yakkabogʻda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Yashayotgan insonlar
