Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Novda — 2015-yilda Oʻzbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan, Oʻzbekfilm kinostudiyasida ishlab chiqa

Novda (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Novda
Plakat
Film posteri
Janr kinokomediyava melodrama
Rejissyor(lar) Zulfiqor Musoqov
Ssenariy
muallif(lar)i
Zulfiqor Musoqov
Rollarda
Bastakor(lar) Mariya Musoqova
Montajyor(lar) Zulfiqor Musoqov
Distribyutor Oʻzbekfilm
Premyera
sanasi
  • 2015-yil 23-yanvar (2015-01-23) (Oʻzbekiston)
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Novda — 2015-yilda Oʻzbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan, Oʻzbekfilm kinostudiyasida ishlab chiqarilgan. Oʻzbekiston komediya, melodrama janridagi filmi. Filmda Husan Sharipov, Raʼno Zokirova, Shahzoda Matchonova, Farhod Abdullayev, Mirza Azizov va Behzod Hamroyev kabi Oʻzbekistonning taniqli aktyorlar rol oʻynashgan.

Syujeti

Filmda Qishloqda istoqamat qiladigan ahil bir oila va ularning qoʻshnilari hayoti haqida soʻz boradi. Unda qahramonlarning ilk muhabbati, vatanga, ota-onaga muhabbati haqida hikoya qilinadi. Qayd etilishicha, ekspertlar filmni italyan kinorejissyori Federico Fellinining „Amarkord“ (1973) badiiy filmiga o‘xshatishgan. Biroq manbada filmning aynan qaysi jihatlari o‘xshatilgani haqida ma’lum berilmagan.

Rollarda

  • Gʻofurjon Isaxonov — Rashid
  • Rahshona Shodiyeva — Dilshoda
  • Gulinur Abdullayeva — Zubayra
  • Dilshod Joʻrayev — Oʻrinboy
  • Abdufathulloh Hidayev — Ikrom
  • Abduhalil Mignorov — Mamarasul
  • Raʼno Zokirova — Zilola
  • Navroʻz Jumayev — Kamol
  • Shahzoda Matchonova — Nigora
  • Husan Sharipov — Bobo
  • Dilorom Karimova — Momo
  • Mirza Azizov — Nortoy
  • Farhod Abdullayev — Lutfulla
  • Xayrulla Saʼdiyev — Pirimqul ota
Yuqori