Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Farhod Abdullayev (1957-yil 1-oktyabr, Yakkabogʻ tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan a

Farhod Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Farhod Abdullayev
Tavalludi 1957-yil 1-oktyabr (1957-10-01) (68 yosh)
Yakkabogʻ tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Farhod Abdullayev (1957-yil 1-oktyabr, Yakkabogʻ tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Hayoti

Farhod Abdullayev 1957-yil 1-oktyabrda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tavallud topgan. Oilada 9 farzand (7 oʻgʻil va 2 qiz) boʻlishgan. Maktabni bitirib, Toshkentga keladi va oʻqishga kiradi. Shu yiliyoq Oʻzbek milliy akademik drama teatriga sahna ishchisi boʻlib ishlashni boshlaydi va keyinchalik suflyor, yordamchi rejissyor sifatida ham faoliyat olib boradi. U institutni tamomlamasdan turib rol oʻynashni boshlab yuboradi. Lekin teatr rahbariyati uni aktyor sifatida ishga olishni xohlashmaydi. Institutni tamomlagandan keyin Oʻzbek davlat drama teatriga ishga yuboriladi.

Bundan soʻng „Yosh gvardiya“ teatriga ishga kiradi. Bu paytda kinofilmlarda rol oʻynashni boshlaydi va teatrdagi ishiga kech kelishni boshlaydi. Bu rejissyor Bahodir Yoʻldoshevga yoqmaydi va Farhod Abdullayev u yerdan chiqib ketadi. Soʻng Xamza teatriga ishga kiradi.

U hozirda teatrda aktyor va rejissyor, telekanallarda boshlovchi boʻlib faoliyat yuritadi.

Oilasi

Turmush oʻrtogʻi bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlaydi. Ularning 3 ta farzandi va 8 nafar nabiralari bor.

Faoliyati

Yil Nomi Obraz Izoh
Kelinlar qoʻzgʻaloni Kenja oʻgʻril
2015 Koʻngil
Suratga tushgan filmlari
Yil Nomi Obraz Izoh
1984 Olovli yoʻllar Epizod
1992 Makler Koʻp bolali ota
1995 Bomba Rajab, kulgili mototsiklchi
1997

1998

Koʻngil koʻchalari
1998 Bo Ba Bu Italiya, Fransiya va Oʻzbekiston filmi
Shaytanat Murodilla (Xumkalla) Serial
2002 Cinedictum Kitob oʻqiyotgan odam
Dilxiroj
Oʻrtoq Boykenjayev Boykenjayev Bosh rol
2003 Anastasiya Slutskaya Belarus filmi
Dard Umarov, militsiya polkovnigi
2004 Meni yolgʻiz qoldirma Epizod
Sevinch Mirzabek, Sevinchning otasi
Afandi va Azroil Bektosh Bosh rol
2005 Erkak
Yarim baxt
Sardor 2 Bosh rol
Taqdir charxpalagi
2006 Chashma Ichkilikboz
Shamol odami
2007 Notanish Jamolning otasi
2009 Gastarbayter Karim
Jannat qaydadir? Tursun
Salamander izi Militsiya mayori
Sogʻinch
2010 Uchar qiz Bosh rol
2011 Uchar otlar Xon
2012 Afgʻon Fayzullo, oʻlgan askarning otasi
Qovun Militsiya mayori
Dunyo
Tubanlik
Robinzon Qoʻzi
Taqdirlar
Yarim baxt
2013 Vafodorim Bosh rol
Bekatdagi odam
2014 Zarb Adham Gʻofurovich
Katta hovli
2015 Kuzda gullagan daraxt
Barakasini bersin
Qanot
Payshanbadan payshanbagacha 2
Novda
2016 Avtotest Serial
Dadam betob
Maʼsuma
Erkaklar fasli
2017 Muqaddas istak
Mama
2018 Berlin – Oqqoʻrgʻon
Hayot
2019 Elparvar
2020 Meni uylantirish Serial
Rais
Ketma onasi
Hamilion
Duel
Erka kelin
Snos mojarosi
Devona oshiqlar
2021 Ishtahadagi ishq
Orzular qanotida
Kuydurmajon
2022 Vatan ostonasi
Boshga tushganni koʻz koʻrar
2023 Abdulla Oripov Bosh rol
Osmondagi bolalar 3: Yerdagi otalar
Hokim buva Kichik serial

Mukofotlari

  • Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
  • „Eʼtirof 2016“ – Eng yaxshi kinoaktyori
Yuqori