Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ahmad Odilovich Odilov (21-iyul 1928-yil, Toshkent) – sozanda (chang), pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Toshkent konservatoriyasin

Ahmad Odilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmad Odilov
Tavalludi 21-iyul 1928

Ahmad Odilovich Odilov (21-iyul 1928-yil, Toshkent) – sozanda (chang), pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1952). Oʻzbek davlat filarmoniyasi xalq cholgʻu asboblari orkestri sozandasi (1943—57), Toshkent musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1944— 82) va direktor (1957—60). Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi (1948-yildan), professor (1977), changchilar ansambli tashkilotchisi va rahbari (1971-yildan). Ijro uslubi yuqori badiiy-texnik mahoratiga asoslangan. Keng qamrovli konsert repertuarida oʻzbek xalq kuylari („Gulbahor“, „Tanavor“, „Sharof 1—2“, „Jazoir“, „Kurd“ va boshqalar) va, ayniqsa, oʻzbek va chet el kompozitorlari asarlari keng oʻrin olgan. Chang uchun darsliklar, qoʻllanmalar muallifi. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Adabiyot

  • Lutfullayev A., Ahmadjon Odilov, T., 1998.
Yuqori