Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Leonardo Spinazzola ((Italyancha talaffuzi: leoˈnardo spinatˈtsɔːla )1993-yil 25-martda Italyaning Foligno shahri, Umbria tumanida tugʻilgan) – Italiyalik profe

Leonardo Spinazzola

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Leonardo Spinazzola
Spinazzola Atalanta 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Leonardo Spinazzola
Tavallud sanasi 1993-yil 25-mart (1993-03-25) (33 yosh)
Tavallud joyi Foligno, Italy
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Left-back
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Roma
Raqami 37
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999–2007 Virtus Foligno
2007–2012 Siena
2010–2012 → Juventus (loan)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012–2019 Juventus 10 (0)
2012–2013 → Empoli (loan) 7 (1)
2013 → Lanciano (loan) 3 (0)
2013–2014 → Siena (loan) 24 (1)
2014–2015 → Atalanta (loan) 2 (0)
2015 → Vicenza (loan) 10 (0)
2015–2016 → Perugia (loan) 34 (0)
2016–2018 → Atalanta (loan) 48 (0)
2019– Roma 65 (3)
Milliy terma jamoa
2011 Italy U19 1 (0)
2012 Italy U20 1 (0)
2017– Italy 21 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-oktyabr uchun)

Leonardo Spinazzola ((Italyancha talaffuzi: leoˈnardo spinatˈtsɔːla )1993-yil 25-martda Italyaning Foligno shahri, Umbria tumanida tugʻilgan) – Italiyalik professional futbolchi, A Seriya vakili Rim shahrining "Roma" klubi va Italiya milliy futbol terma jamoasida chap qanot yarim himoyachisi va qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Siena bilan dastlabki yillar va „Yuventus“ga ijaraga berilishi

Foligno shahrida tugʻilgan Spinazzola professional faoliyatini Siena klubining yoshlar jamoasida boshlagan. 2010-yilda u Primavera jamoasiga tayinlangan holda vaqtinchalik ijara shartnomasi asosida "Yuventus" ga qoʻshiladi. 2012-yil iyun oyida „Yuventus“ 400 000 yevroga evaziga futbolching transfer huquqlarining yarimini sotib oladi.

2012-yilning 5-iyulida Spinazzola va Filippo Boniperti B Seriyaning „Empoli“ klubiga bir mavsumga ijaraga beriladi. 1-sentabr kuni safarda „Novara“ jamoasiga qarshi 2:2 hisobida durang oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushadi va jamoa tarkibidagi dastlabki professional oʻyinini oʻtkazadi va .

Spinazzola oʻzining birinchi golini Livorno jamoasiga qarshi bahsda uradi, ammo jamoasi 2:4 hisobida magʻlub boʻladi. Mavsumda faqatgina yettita oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, uning ijara muddati qisqardi va 2013-yil yanvar oyida vaqtinchalik ijara shartnomasi asosida Virtus Lanciano jamoasiga oʻtadi.

Spinazzola Virtus jamoasi tarkibida uchta oʻyinda ishtirok etadi va shu uchta oʻyinning barchasida zaxiradan maydonga tushadi. 2013-yil 10 avgustda oʻzining ilk jamoasi Sienaga yana ijaraga beriladi. Siena tarkibida muntazam ravishda maydonga tushadi va 24 oʻyinda bitta gol uradi.

2014-yil iyun oyida Siena va „Yuventus“ oʻrtasidagi futbolchining transfer huquqlari egalik shartnomasi yana yangilandi. Biroq iyul oyida Siena bankrot boʻlgach, „Yuventus“ Spinazzolaning qolgan 50% transfer huquqini ham tekinga qoʻlga kiritadi.

2014-yilning 11-avgustida Spinazzola A Seriyaning "Atalanta" jamoasiga ijara asosida qoʻshiladi. 23-avgust kuni u klubdagi debyutini Italiya kubogi doirasida Pisa jamoasiga qarshi oʻz uyidagi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oyinida oʻtkazadi va oʻyindagi soʻnggi golini uradi. Spinazzola 31-avgust kuni Italiya oliy ligasida debyut qiladi va „Verona“ ga qarshi oʻyinning 82-daqiqasida Marselo Estigarribiyani almashtiradi. Futbolchilar Vicensza va Perugia bilan birga ijaraga olinganidan soʻng, Spinazzola 2016-yil iyul oyida Atalantaga qayatdi.

Yuventus

"Atalanta"da ikki mavsumni ijarada oʻtkazgan Spinazzola 2018-yilning oʻrtalarida „Yuventus“ga qaytadi. Tizzasidan olgan jarohati tufayli 2018-2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida oʻynay olmaydi. 11-noyabr kuni Spinazzola „Yuventus U19“ tarkibida „Sassuolo U19“ jamoasiga ga qarshi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda maydonga tushadi va 35-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol etadi. Spinazzola „Yuventus“dagi debyutini 2019-yilning 12-yanvarida Italiya kubogi doirasida "Bolonya" ustidan mehmonda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida oʻtkazadi. „Yuventus“dagi debyutidan oldin Spinazzola „Yuventus U19“ tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan edi. U Chempionlar Ligasidagi debyutini 12-mart kuni oʻz uyida "Atletiko Madrid" qarshi bahsda oʻtkazadi. Yuventus oʻsha oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda, turnirning 1/8 finaliga yoʻl oladi. „Yuventus“ jamoasi umumiy hisobda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan holda chorak finalga yoʻllanmasini naqd qiladi.

Roma

2019-yilning 1-iyulida Spinazzola „Yuventus“dan 29,5 million yevro evaziga Rimning "Roma" jamoasiga oʻtib, klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi, Luca Pellegrini esa Romadan keksa senyora tarkibiga oʻtadi. 2020-yil yanvar oyida Spinazzola Matteo Politano evaziga Milanning „Inter“ iga oʻtishga yaqin edi, biroq soʻnggi daqiqada shartnoma buziladi, chunki „Inter“ murabbiylarini Spinazzolaning jismoniy holati toʻliq qoniqtirmaydi.

Milliy terma jamoada

2017-yil 28-mart kuni Spinazzola Italiya milliy futbol terma jamoasi safida debyut oʻyinini boshqa toʻrt nafar futbolchi bilan birga Gollandiyaga qarshi safarda 2:1 hisobidagi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻrinbosar sifatida oʻtkazadi.

2021-yil iyun oyida Spinazzola milliy terma jamoa bosh murabbiy Roberto Mancini tomonidan UEFA Evro-2020 uchun Italiya terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Turnirning 11-iyun kuni boʻlib oʻtgan ochilish oʻyinida Turkiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Spinazzola oʻz koʻrsatgan oʻyini uchun UEFA tomonidan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. 26 iyun kuni u 1/8 finalda Austria termasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda qoʻshimcha boʻlimda Federico Chiesa tomonidan kiritilgan golga assistentlik qiladi va keyinchalik Matteo Pessina tomonidan kiritilgan gʻalaba golida ham ishtirok etadi. Oʻzining oʻyini tufayli UEFA tomonidan turnirda ikkinchi marta oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. 2-iyul kuni chorak finalda Belgiya terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Spinazzola tizza suyaginin yorilishi tufayli oʻyinni davom ettira olmaydi va turnirda qaytib maydonga tushmaydi. 5-iyul kuni Spinazzolaning chap tizzasidagi jaroxati muvaffaqiyatli operatsiya qilinadi. 11-iyul kuni Spinazzola "Wembley" stadionida boʻlib oʻtgan finalda Angliya terma jamoasiga qarshi final baxsida asosiy vaqtda hamda qoʻshimcha boʻlimlarda ham 1:1 hisobi oʻzgarmay qoladi va Italya penaltilar seriyasida 3:2 hisobida gʻalaba qozonadi. Spinazzola garchi Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni boʻladi. Spinazzola turnirning eng tezkor oʻyinchisi boʻlib, vengriyalik Loïc Négo bilan tenglashib, 33,8 km/soat tezlikka erishadi. Turnirdagi oʻyinlari tufayli u turnirramziy jamoasiga kiritiladi.

Oʻyin uslubi

Tabiatan Spinazzola oʻnaqay oʻyinchi boʻlsada, chap qanotda toʻliq himoyachi, qanot hujimchisi yoki qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynashni afzal koʻradi. koʻp qirrali futbolchi, u maydonning oʻng tomonida ham oʻynashga qodir. Tez va hujumkor oʻyinchi, u oʻzining chidamliligi, jahon darajasidagi tezligi va tezlashuvi, jismoniyligi va sayqallangan dribling mahorati bilan mashhur boʻlib va bunday qobilyatlar unga qanotda yakkama-yakka vaziyatlarda raqib futbolchisini fintlar bilan dogʻda qoldirishga imkon beradi. Shuningdek, u toʻpni birinchi teginishdayoq toʻxtatishga qodir, markazni kesib oʻtish va jamoadoshlariga zarba berish uchun qulay uzatmalar amalga oshirish yoki qanotdan hujum qilish orqali jamoasining keskin hujumlariga katta hissa qoʻshishi mumkin. Himoyada u oʻzining oldindan koʻrishi qobiliyati va havodagi oʻyini bilan oʻz darajasini koʻrsatib kelmoqda. Uning koʻp qirraliligi, xarakteristikalari, roli va oʻyin uslubi Italiya va „Yuventus“ning sobiq qanot himoyachisi Janluka Zambrotta bilan solishtirishga sabab boʻladi, Spinazzolaning oʻzi uning asosiy kumirlaridan biri sifatida keltirgan.

Shaxsiy hayoti

2018-yil may oyida Spinazzola va uning qiz doʻsti Miriam Sette birga oʻgʻil koʻrishsdi. 2020-yil 24-dekabrda ular turmush qurishdi. 2021-yil fevral oyida esa ikkinchi farzandi qizili boʻlishadi.

Faoliyat statistikasi

Klub

2022-yil 27-Oktyabrgacha boʻlgan oʻyinlar
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Italiya kubigi Xalqaro Boshqa Jami
Chempionat Oʻyin Gollar Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Juventus 2011–2012-yilgi Serie A 0 0 0 0 0 0
Empoli (ijara) 2012–2013-yilgi Serie B 7 1 1 0 8 1
Virtus Lanciano (ijara) 2012–2013-yilgi Serie B 3 0 0 0 3 0
Siena (ijara) 2013–2014-yilgi Serie B 24 1 2 0 26 1
Atalanta (ijara) 2014–2015-yilgi Serie A 2 0 3 1 5 1
Vicenza (ijara) 2014–2015-yilgi Serie B 10 0 0 0 10 0
Perugia (ijara) 2015–2016-yilgi Serie B 34 0 2 0 36 0
Atalanta (ijara) 2016–2017-yilgi Serie A 30 0 2 0 32 0
2017–2018-yilgi Serie A 18 0 1 0 6 0 25 0
Jami 48 0 3 1 6 0 0 0 57 1
Yuventus 2018–2019-yilhi Serie A 10 0 1 0 1 0 0 0 12 0
Roma 2019–2020-yilgi Serie A 24 1 0 0 8 1 32 2
2020–2021-yilgi Serie A 27 2 1 0 11 0 39 2
2021–2022-yilgi Serie A 3 0 0 0 1 0 4 0
2022–2023-yilgi Serie A 11 0 0 0 5 0 16 0
Jami 65 3 1 0 25 1 0 0 91 4
Faoliyatida jami 203 5 13 1 32 1 0 0 248 7

Xalqaro

match played 14 June 2022
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yillar oʻyin gol
Italiya 2017 5 0
2018 0 0
2019 3 0
2020 2 0
2021 8 0
2022 3 0
Jami 21 0

Yutuqlar

Yuventus yoshlar jamoasi

  • Torneo di Viareggio : 2012

Yuventus

  • A seriya : 2018–2019-yil
  • Italiya Superkubogi : 2018-yil

Roma

  • UEFA Yevropa konferentsiya ligasi gʻolibi : 2021–2022-yilgi mavsum

Italiya

  • UEFA Yevropa chempionati gʻolibi : 2020-yil

Shaxsiy

  • UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi ramziy jamoasi : 2020
  • UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi ramziy tarkibi: 2020–2021-yilgi mavsum
  • Torneo di Viaregjioning eng yaxshi futbolchisi: 2012-yil

Buyurtmalar

  • 5-sinf / Ritsar: Cavaliere Ordine al Merito della Italiana Repubblica : 2021

Eslatmalar

  1. Appearance in UEFA Champions League
  2. Appearance in UEFA Europa Conference League
  1. Appearances in UEFA Europa League
Yuqori