- Vikipediyada ismi Stanislav va familiyasi Andreyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Stanislav Vladimirovich Andreyev | ||
| Tavallud sanasi | 1988-yil 6-may | ||
| Tavallud joyi | ToshkentOʻzbekiston SSR SSSR | ||
| Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi / qanot himoyachisi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Soʻgʻdiyona U21 (bosh murabbiy) | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2003—2006 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2006 | Toʻpalang | 2 | (0) |
| 2007—2018 | Paxtakor | 212 | (27) |
| 2018 | → Metallurg Bekobod | 12 | (0) |
| 2019—2021 | Metallurg Bekobod | 76 | (12) |
| 2022 | Navbahor | 19 | (0) |
| 2023—2025 | Soʻgʻdiyona | 72 | (2) |
| Total | 393 | (41) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009—2017 | Oʻzbekiston | 40 | (2) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2026 | Soʻgʻdiyona U21 | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Stanislav Andreyev (1988-yil 6-mayda, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik murabbiy va sobiq futbolchi, Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubining 21 yoshgacha jamoasi murabbiyi. Futbolchilik faoliyati davomida chap qanot himoyachisi va yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynagan. 2009—2017-yillar davomida Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Stanislav Andreyev Toshkentning „Paxtakor“ futbol maktabida tahsil olgan. 2006-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etgan, keyinchalik quyi divizionlarga tushib ketgan Surxondaryo viloyati Sariosiyo shahrining „Toʻpalang“ klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2007-yilda „Paxtakor“ asosiy jamoasi skautlari va murabbiylarining eʼtiborini tortgan. Oradan hech qancha vaqt oʻztmasdan Stanislav Andreyev „Sherlar“ tarkibiga kelib qoʻshilgan. Paxtakor jamoasi bilan birga u 2007-yilda Hamdoʻstlik chempionlari kubogida goliblikni qoʻlga kiritib, kubokni boshi uzra baland koʻtargan. Stanislav 10 dan ortiq futbol mavsumini „Paxtakor“ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida oʻtkazgan, 200 dan ortiq oʻyinda maydonga tushib, Paxtakorning haqiqiy himoya devoriga aylangan. Oʻzbekiston chempionatlarining koʻp karra chempinligini hamda kumush bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
2018-yilgi mavsum yozida „Paxtakor“ jamoasidagi raqobat sabali klubni tark etgan va Toshkent viloyatining „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga ijara asosida mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan. 2019-yilgi mavsum avvalida Paxtakor bilan shartnomasi yakunlangan va Bekobod jamoasi bilan erkin agent sifatida yangi shartnoma imzolagan. Bekobod jamoasi tarkibida 3 mavsum davomida oʻynagan va jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylangan.
2022-yilgi mavsumda „Navbahor“ jamoasi murabbiyi, sobiq ustozi Samvel Babayan taklifi bilan Namangan jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Navbahor klubida bir mavsum davomida oʻynadi, Oʻzbekiston Superligasi va Oʻzbekiston kubogida sovrindor boʻlgan.
2023-yilgi mavsum avvalida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Uch yillik mavsumdan soʻng, 2025-yil yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Terma jmoadagi faoliyati
Andreyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2009—2017-yillarda oʻynagan. Terma jamoa bilan 2011-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan. U jami 40 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol muallifiga aylangan.
Xalqaro maydondagi gollar
| Gol | Sana | Joy | Raqib | Natija | Hisob | Turnir |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2012-yil 25-fevral | Jeonju World Cup stadioni, Chonju, Janubiy Koreya | 2-3 | 2-4 | Oʻrtoqlik | |
| 2. | 2015-yil 17-noyabr | Grand Hamad stadioni, Doʻha, Qatar | 3-0 | 3-1 | 2018-yilgi jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2007, 2012, 2014, 2015
- Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sovrindori (3): 2008, 2009, 2010, 2022
- Oʻzbekiston Superligasi bronza medali sovrindori (1): 2011, 2017-yil
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (3): 2007, 2009, 2011
- Oʻzbekiston kubogi finalchisi (1): 2008, 2022-yil
- MDH kubogi gʻolibi: 2007
- MDH kubogida kumush medali sovrindori: 2008
- 6-mayda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Toʻpalang klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari
- Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar
- Sportchilar